Sayt test holatida ishlamoqda!
09 May, 2025   |   11 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:38
Quyosh
05:11
Peshin
12:24
Asr
17:21
Shom
19:32
Xufton
20:58
Bismillah
09 May, 2025, 11 Zulqa`da, 1446

Arab tili grammatikasini o‘rganuvchilar uchun mobil dastur ishlab chiqildi

17.05.2017   12951   2 min.
Arab tili grammatikasini o‘rganuvchilar uchun mobil dastur ishlab chiqildi

Android tizimli qurilmalarga moslangan «Tahlil» arab tilini o‘rganuvchilar uchun amaliy dasturi ishlab chiqildi. Loyiha arab tili grammatikasini o‘rganuvchi yoshlar, o‘quvchilar, talabalarga mo‘ljallangan. Dasturdan foydalanishdan oldin yoki foydalanish davrida arab tili grammatikasiga oid kitob o‘qish tavsiya etiladi.

Dastur «Arab tili darsligi va tarkib qoidalari» (Mabdu’ul qiroat) va «Mabda’un nahv» kitoblari asosida tuzilgan. Dastur grammatik tahlil, e’roblash hamda amaliyot bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. U offlayn tarzda ishlaydi, ya’ni foydalanish uchun internet shart emas.

Mazkur dasturning asosiy imkoniyatlari:

— Klassik arab tilida grammatik tahlil qilish

— Javoblarni variant usulida berish

— Noto‘g‘ri javob belgilangan taqdirda, to‘g‘ri javobni avtomatik ko‘rsatish

— Tahlil bo‘limida har bir darsning oxirida qaysi qoidalarda xato qilingani haqida ma’lumot berish

— O‘rganuvchini darsni o‘zlashtirishiga qarab har bir darsning so‘ngida «A’lo» «Yaxshi» «Qoniqarli» «Qoniqarsiz» tarzda baholash

— O‘rganuvchi «Qoniqarsiz» baho olganda unga keyingi darsga o‘tish imkonini bermaslik.

— E’roblar bilan ishlash imkoniyati

— Darslarni o‘zlashtirish jarayonini foizlarda hisoblash

— Faqatgina ma’lum bir qoidani misollar bilan ishlash

Dastur quyidagi bo‘limlardan iborat:

Tahlil — Bu bo‘limda o‘quvchi grammatik tahlillar bilan ishlaydi. Ushbu bo‘limning afzalligi shundaki, o‘rganuvchi berilgan gaplarni klassik arab tilida tahlil qilish imkoniyatiga ega. Belgilangan javob noto‘g‘ri bo‘lsa, avtomatik tarzda to‘g‘ri javob va uning tahlili keltiriladi. Har bir darsning so‘ngida dars necha foizga o‘zlashtirilgani va qaysi qoidalarda xato qilingani haqida ma’lumot beriladi. Bu esa foydalanuvchiga qulaylik yaratadi. Bu bo‘lim 52 darsdan iborat.

E’roblash — Arab tilini o‘rganishda so‘zning oxirgi harakatini qo‘yish juda muhim hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, ikkinchi bo‘limda bunday imkoniyat taqdim etildi. Bu bo‘lim ham 52 darsdan iborat bo‘lib, bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.

Amaliyot — Bu bo‘limda har bir grammatik qoidaga tegishli jami 800 dan ortiq misollar berilgan. Ushbu bo‘limda o‘quvchi qaysi qoidani tushunishda muammoga duch kelayotgan bo‘lsa, shu qoida bo‘yicha o‘z ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda, o‘rganuvchi, gapdagi joriy qoidaga tegishli so‘zni topib belgilashi kerak.

Qisqacha tavsif:

Dastur nomi: Tahlil

Hajmi: 3.45 Mb

Joriy versiya:1.0

Guvohnoma: Intellektual mulk agentligi № DGU 04053

Talab etiladigan Android versiyasi:4 yoki undan keyingilari

Ishlab chiquvchi:Temurbek Adhamjonov

Elektron pochta: 94temurbek@gmail.com

Faollashtirish narxi: 10000 (o‘n ming) so‘m

Play market'dan yuklab olish:

https://play.google.com/store/apps/details?id=abutech.tahlil

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qurilish-ta’mirlashga oid yig‘ilish o‘tkazildi

07.05.2025   4782   1 min.
Qurilish-ta’mirlashga oid yig‘ilish o‘tkazildi

Shu yil 3 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov raisligida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan masjidlarning imom-xatib va mutavallilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 


Ko‘rilgan masalalar masjidlardagi qurilish-ta’mirlash ishlari shaharsozlik me’yorlariga to‘liq muvofiq bo‘lishi va qurilishga oid hujjatlarni talabga muvofiq yuritish hamda qurilishlar sodda, oddiy va dabdabadan holi bo‘lishi bo‘yicha mas’ullarga zaruriy tavsiyalar berildi. Qurilish-ta’mirlash ishlarini sifati va belgilangan vaqtda yakunlash zarurligi yana bir bor eslatildi.


Barcha imom-xatib va xodimlarga masjidlar hamda ularga olib boruvchi 100 metr masofadagi yo‘llardagi tozalash va obodonlashtirish ishlari doimiy bo‘lishi, namozxonlar uchun sharoitlarni yanada qulay bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tahoratxonalardagi sharoitlarni zamonaviy talab darajasiga keltirish kabi vazifalar yuklatildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
atbuot xizmati

Qurilish-ta’mirlashga oid yig‘ilish o‘tkazildi Qurilish-ta’mirlashga oid yig‘ilish o‘tkazildi Qurilish-ta’mirlashga oid yig‘ilish o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari