Android tizimli qurilmalarga moslangan «Tahlil» arab tilini o‘rganuvchilar uchun amaliy dasturi ishlab chiqildi. Loyiha arab tili grammatikasini o‘rganuvchi yoshlar, o‘quvchilar, talabalarga mo‘ljallangan. Dasturdan foydalanishdan oldin yoki foydalanish davrida arab tili grammatikasiga oid kitob o‘qish tavsiya etiladi.
Dastur «Arab tili darsligi va tarkib qoidalari» (Mabdu’ul qiroat) va «Mabda’un nahv» kitoblari asosida tuzilgan. Dastur grammatik tahlil, e’roblash hamda amaliyot bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. U offlayn tarzda ishlaydi, ya’ni foydalanish uchun internet shart emas.
Mazkur dasturning asosiy imkoniyatlari:
— Klassik arab tilida grammatik tahlil qilish
— Javoblarni variant usulida berish
— Noto‘g‘ri javob belgilangan taqdirda, to‘g‘ri javobni avtomatik ko‘rsatish
— Tahlil bo‘limida har bir darsning oxirida qaysi qoidalarda xato qilingani haqida ma’lumot berish
— O‘rganuvchini darsni o‘zlashtirishiga qarab har bir darsning so‘ngida «A’lo» «Yaxshi» «Qoniqarli» «Qoniqarsiz» tarzda baholash
— O‘rganuvchi «Qoniqarsiz» baho olganda unga keyingi darsga o‘tish imkonini bermaslik.
— E’roblar bilan ishlash imkoniyati
— Darslarni o‘zlashtirish jarayonini foizlarda hisoblash
— Faqatgina ma’lum bir qoidani misollar bilan ishlash
Dastur quyidagi bo‘limlardan iborat:
Tahlil — Bu bo‘limda o‘quvchi grammatik tahlillar bilan ishlaydi. Ushbu bo‘limning afzalligi shundaki, o‘rganuvchi berilgan gaplarni klassik arab tilida tahlil qilish imkoniyatiga ega. Belgilangan javob noto‘g‘ri bo‘lsa, avtomatik tarzda to‘g‘ri javob va uning tahlili keltiriladi. Har bir darsning so‘ngida dars necha foizga o‘zlashtirilgani va qaysi qoidalarda xato qilingani haqida ma’lumot beriladi. Bu esa foydalanuvchiga qulaylik yaratadi. Bu bo‘lim 52 darsdan iborat.
E’roblash — Arab tilini o‘rganishda so‘zning oxirgi harakatini qo‘yish juda muhim hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, ikkinchi bo‘limda bunday imkoniyat taqdim etildi. Bu bo‘lim ham 52 darsdan iborat bo‘lib, bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Amaliyot — Bu bo‘limda har bir grammatik qoidaga tegishli jami 800 dan ortiq misollar berilgan. Ushbu bo‘limda o‘quvchi qaysi qoidani tushunishda muammoga duch kelayotgan bo‘lsa, shu qoida bo‘yicha o‘z ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda, o‘rganuvchi, gapdagi joriy qoidaga tegishli so‘zni topib belgilashi kerak.
Qisqacha tavsif:
Dastur nomi: Tahlil
Hajmi: 3.45 Mb
Joriy versiya:1.0
Guvohnoma: Intellektual mulk agentligi № DGU 04053
Talab etiladigan Android versiyasi:4 yoki undan keyingilari
Ishlab chiquvchi:Temurbek Adhamjonov
Elektron pochta: 94temurbek@gmail.com
Faollashtirish narxi: 10000 (o‘n ming) so‘m
Play market'dan yuklab olish:
https://play.google.com/store/apps/details?id=abutech.tahlil
Kuni kecha S.Mirziyoyeva hamda Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/SShMirziyoyeva/2834) O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi islom dini asosida yotgan umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun mazkur xalqaro tashkilotga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva har yili o‘tkaziladigan Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofotining 2026 yilgi hakamlar hay’ati tarkibiga kiritilganidan benihoya mamnun ekanini izhor etdi.
«Faqat birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan biz bu dunyoni yanada yaxshiroq qila olamiz», — deya ta’kidladi S.Mirziyoyeva.
Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti — dunyo taraqqiyotiga katta hissa qo‘shayotgan, inson huquqlari, tinchlik va adolat uchun kurashayotgan shaxslarga beriladigan, xalqaro darajada eng yuqori baholanadigan yuksak e’tiroflardan biridir.
Ushbu mukofot 2019 yilda Rim papasi Fransisk va Al-Azhar universiteti bosh imomi Ahmad At-Toyib o‘rtasida Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuv sharafiga ta’sis etilgan bo‘lib, ular birgalikda insoniy birodarlik haqidagi hujjatni imzolagan edi.
BAA asoschisi marhum Shayx Zoid ibn Sulton Al-Nahayon nomi bilan ataladigan ushbu mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lib, sovrin puli ijtimoiy muammolarga yechim topayotgan, tinchlik va birdamlikka hissa qo‘shayotgan shaxslar va tashkilotlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Hakamlar hay’ati tarkibiga turli yillarda oliy martabali va nufuzli shaxslar kiritilgan, jumladan:
Doktor Uided Bushamaui, Janob Kaylash Satyartxi — tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari; Katerin Samba-Panza — Markaziy Afrika Respublikasining sobiq prezidenti; Megavati Sukarnoputri — Indoneziyaning sobiq prezidenti; Irina Bokova — YUNЕSKOning sobiq bosh direktori; Rebeka Grinspan Mayufis xonim — BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) bosh kotibi; Avraam Kuper — AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi raisi.
2025 yildagi hakamlar hay’ati quyidagilardan iborat:
Makki Sall — Senegal va Afrika Ittifoqining sobiq prezidenti;
Xose Luis Rodriges Sapatero — Ispaniyaning sobiq bosh vaziri;
Ngozi Okonjo-Iveala — Jahon savdo tashkiloti bosh direktori;
Kardinal Piter Kudvo Appiah Turkson — Pontifik Fanlar akademiyasi va Pontifik Ijtimoiy fanlar akademiyasining maslahatchisi;
Patrisiya Skotland — Millatlar hamdo‘stligi bosh kotibi;
Muhammad Abdusalom — «Insoniy birodarlik» mukofoti bosh kotibi.