|
Qabul vaqtlari |
Dushanbadan jumagacha soat 09-00 dan 17-00 gacha |
|
Telefon raqami |
+99871 240-08-41 |
|
Elektron pochta |
Bo‘limning asosiy vazifalari:
Diniy idora raisi, muftiyni zarur hujjatlar bilan ta’minlash.
Diniy idora raisi, muftiyning tashkiliy-nazorat faoliyatini ta’minlash.
Diniy idora raisi, muftiyni axborot-ma’lumot bilan ta’minlash.
Diniy idora raisi, muftiyning texnik ta’minotini yo‘lga qo‘yish.
Diniy idorani jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlash, idora faoliyatini mahalliy va xorijiy OAVda keng yoritish.
Idorada hujjatlar ijrosi nazorati samaradorligini ta’minlaydi.
Idora xodimlariga hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash uchun kerakli ko‘rsatma va maslahatlarni beradi.


Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi.
Davlatimiz Rahbari tomonidan har jabhada olib borilayotgan yangilanish va islohotlarga hamohang tarzda Diniy idora tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jami 700 nafar pedagog va soha mutaxassisi, jumladan, 300 nafar ishtirokchi bevosita anjuman zalida, 400 nafar ishtirokchi esa hududlardan videoselektor orqali qatnashadi.
Anjumandan ko‘zlangan maqsad sohadagi istiqbolli rejalarni muhokama qilish, diniy ta’limda pedagogik va kasbiy mahoratni oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish hamda diniy ta’limni yangi bosqichga olib chiqishdir.
Dastur doirasida soha rahbarlari ishtirokida tahliliy ma’ruzalar, taniqli professorlar tomonidan mahorat darslari, ilmiy-metodik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishib, Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati