frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Masjidlar bilan ishlash bo‘limi

15.05.2017   54049   2 min.
Masjidlar bilan ishlash bo‘limi

Bo‘lim mudiri Rahimberdi Rahmonov

Qabul vaqtlari

Dushanbadan Jumagacha

Telefon raqami

+99871 150-64-12

Elektron pochta

umi-masjidlar@mail.ru

Ushbu bo‘lim mamlakatimizdagi masjidlar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, ularning eski binolarini ta’mirlash, yangilarini qurish, masjidlarni davlat ro‘xatidan o‘tkazish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Mustaqillikdan oldin bor-yo‘g‘i 84 taga yaqin masjid bo‘lgan mamlakatimizda hozir 2000 dan ziyod jome ishlab turibdi. Imom-xatiblar va ularning noiblari malakasini oshirish va tajribasini boyitish, qayta tayyorlash uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etish, masjidlarga oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli, iqtidorli kadrlarni jalb etish bo‘limning asosiy vazifalaridir. Bo‘lim masjidlarning joylardagi mahalla, maktab, ma’rifat-ma’naviyat markazlari bilan aloqasini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar bilan ham shug‘ullanadi. Yoshlarning ma’naviy tarbiyasi, muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga, nogironlarga masjidlar orqali xayriya yordamlari kabi ishlarga hissa qo‘shadi.

Bo‘lim har yili Ramazon oyida masjidlarda diyorimiz qorilarini jalb qilgan holda, Qur’oni karim xatmlarini tashkil etmoqda. Keyingi yillarda respublika bo‘yicha 600–700 dan ziyod, Toshkent shahrida 100 ga yaqin masjidda Qur’oni karim xatm qilinmoqda. «Yil imomi» ko‘rik-tanlovi muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Masjidlar bilan ishlash bo‘limini turli yillarda Yusufxon Shokirov, Abdug‘ani Abdullayev, Salohiddin Muhiddinov, Fozil qori Sobirov, Foziljon Ubaydullayev, Abdulaziz Mansur, Abdug‘ani Ismoilov, Homidjon Ishmatbekov, Muhammadnazar Qayumov boshqarishgan. Hozir bo‘limga Rahimberdi Rahmonov rahbarlik qilyapti.

Bo‘limda Is'hoqjon Begmatov, Muzaffar Kamolov hamda Sarvar Muhammadiyevlar faoliyat olib boradilar.

Bo‘lim faoliyatidan fotolavhalar:

Idora faoliyati
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

24.08.2026   6079   1 min.
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning turli hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Mazkur bosh g‘oya asosida masjidlar va qabristonlarda ham hasharlar tashkil etilib, hududlar tartibga keltirilmoqda.

Xususan, masjidlar atrofi, qabristonlar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish, daraxtlarni parvarishlash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunday xayrli ishlar yurtimiz obodligiga hissa qo‘shish, muqaddas maskanlar va ajdodlar xotirasini e’zozlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yagona Vatan — yagona xalq!

Yangi hayot va yangi kelajak sari birgalikda!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari