Huquqshunoslik bo‘limi mudiri Ikrom Mardanov Narzullayevich
Qabul vaqtlari |
Dushanbadan Jumagacha |
Telefon raqami |
+99871 150-00-13 |
Elektron pochta |
|
Huquqshunoslik bo‘limi O‘zbekiston musulmonlari idorasi, masjidlar va madrasalar, tizimdagi boshqa tashkilotlar xodimlariga huquqiy maslahatlar beradi. Xodimlar huquqiy savodxonligini oshirish ishlari bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlaridagi yangiliklar, o‘zgartirishlardan tizimdagi tashkilotlarni xabardor etadi. Shu maqsadda tushuntirish ishlari olib boradi, maqolalar chop ettiradi. “Masjidlarda hujjat yuritish ishlari bo‘yicha qo‘llanma” nashr qilingan.
Huquqshunoslik bo‘limi tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasining yangi nizomi ishlab chiqilib, Adliya vazirligidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan (2008, 2013 y. y.).
Bo‘lim ishini dastlab Baxtiyor Obidov, Murodullo Xo‘jayev kabi huquqshunoslar yuritishgan. Hozir bo‘limni Ikromjon Mardonov boshqarmoqda.
1. Huquqshunoslik bo‘limi mutaxassisi Asliddin Rahmatullayev tel: 150 00 13
2. Huquqshunoslik bo‘limi mutaxassisi Minavarov Elyor tel: 150 00 13
Bir qishloqda jahli tez chiqadigan, o‘zini boshqa olmaydigan o‘spirin yigit bor ekan. Kunlardan birida otasi unga har gal jahli chiqqanida bir mix olib, uyning oldidagi daraxtga qoqishini aytdi.
O‘g‘il shunday qila boshladi. Bir necha mix qoqilgan daraxtni ko‘rib, yigitning unga rahmi keldi. O‘zini boshqarishni, sabrli bo‘lishni o‘rgandi. Daraxtga mix qoqmay qo‘ydi. Buni ko‘rgan ota endi o‘g‘liga qoqilgan mixlarni sug‘urib tashlashni buyurdi. O‘g‘il otasining aytganini bajardi.
Daraxtning yaralari bitib, o‘rnida chandiqlar paydo bo‘ldi. Ota o‘g‘liga:
– Qara, o‘g‘lim! Qoqilgan har bir mix bu daraxtni yaralagan edi. Ularni sug‘urib tashlagan taqdiringda ham, o‘rni, chandiqlari qoldi. Endi daraxtning ana shu joylari mo‘rtlashib, qurt tushadi va uni yemiradi.
O‘g‘il boshini egib qoldi. Ota so‘zida davom etdi:
– Bu-ku bir daraxt ekan, Alloh taolo azizu mukarram qilib yaratgan inson zotining qalb atalmish daraxtiga ham ba’zan til atalmish bolg‘a bilan so‘z atalmish mixlar qoqiladi. Garchi keyin xatolar tan olinib, uzr so‘ralib, u “mix”lar sug‘urib olinsa-da, o‘rnida chandig‘i, dog‘i qoladi... Sen o‘shanday mixlarni qoqishdan saqlan. O‘zingni idora qilishni, jahlingni jilovlashni o‘rgan!..
Darhaqiqat, inson qalbi go‘yo nafis bir oynaga o‘xshaydi. U darz ketsa, keyin hech qachon aslidagidek tiklanmaydi. Shunday ekan, har doim Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga o‘xshab muomila qilishni o‘rganaylik hech bo‘lmasa harakat qilaylik. Alloh hammamizni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin! Zero, ko‘ngil – Yaratganning nazargohidir.
Qudsiy hadislardan birida Alloh taolo: “Men sizlarning na suratingizga va na chiroylaringizga qarayman. Balki qalblaringizga qarayman va sizlardagi yaxshi xislatlardan rozi bo‘laman”, degan.
Akbarshoh Rasulov