Misrlik hattot Sa’d Muhammad uzunligi 700 metr bo‘lgan, qo‘lda bitilgan. Qur’oni karim orqali rekord o‘rnatishga umid qilmoqda. Ushbu hattot Qur’oni karimni qo‘lda yozib chiqishga 3 yil sarflaganini ma’lum qildi.
“Ushbu 700 metrlik Qur’onga juda ko‘p miqdorda qog‘oz sarflandi. Men oddiygina insonman, bu loyihani o‘zim moliyalashtirdim va uni amalga oshirishga uch yil vaqtim sarf bo‘ldi”, - dedi hattot.
Hattot Sa’d Muhammad mazkur Qur’oni karimni Ginnes rekordlariga kirgizishni maqsad qilmoqda. Jahon rekordini yig‘uvchi vakillarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda eng katta bosma Qur’oni karim nomzodligi mavjud, lekin eng katta qo‘lyozma Qur’oni karim nomzodligi yo‘q.
O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi.