Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2025   |   9 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:15
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2025, 9 Rajab, 1446

Xotira – muqaddas va aziz tuyg‘u

3.05.2017   8108   4 min.
Xotira – muqaddas va aziz tuyg‘u

Xotira – muqaddas va aziz tuyg‘u. Xotirlash bu har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan o‘tib ketgan insonlarni eslash va ularning xaqqiga duo qilishdir. Xalqimizda “qadr etgan qadr topadi”, degan naql bor. Haqiqatdan ham, inson o‘zgalarga samimiyatda bo‘lib, hurmat-ehtirom ko‘rsatsa, o‘zi ham atrofdagilarning shunday munosabatiga sazovor bo‘ladi. Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o‘chmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.

Yurtimizda har yili “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ushbu osoyishta kunlarga yetib kelishimizda mehnatini ayamagan, tinch va osuda hayot uchun jonini berishga ham tayyor bo‘lgan insonlar xotirlanadi, avlodlarga ibrat sifatida yodga olinadi. Shu bilan birga, bugungi ozod va farovon kunlarga yetib kelishimizda o‘z hissalarini qo‘shgan nuroniy siymolarimiz ziyorat qilinib, ularning o‘tmish xotiralaridan tinglanadi.

Xotira nafaqat jang maydonlarida qurbon bo‘lganlarni xotirlash, balki front ortida fidokorona mehnat qilgan tabarruk yoshdagi otalarimiz va onalarimizga ham cheksiz izzat va ehtirom ko‘rsatish ayyomidir. Shuningdek, ona Vatanimizning taraqqiyotiga munosib ulushlar qo‘shgan barcha faxriylarimizni e’zozlash, qadrlash bayramidir. 

Respublikamiz birinchi Prezidentining shunday purma’no so‘zlari bor: “Xotira nafaqat o‘tmishni unutmaslik, balki bugungi hayotimizning qadriga yetish, ertangi kunni to‘g‘ri tasavvur etish, demakdir. Xotira insonni kelajakka ochiq ko‘z bilan qarashga o‘rgatadi. Shu bois, bugungi yoshlar otalarimizning yurtimiz erki va ozodligi, millatimiz ravnaqi yo‘lida chekkan zahmatlari, ko‘rsatgan jasoratlarini unutmasligi darkor. Qadrlash esa, xonadonlarimizga fayz–baraka bag‘ishlab, qilayotgan ezgu ishlarimizga oq fotiha tilab o‘tirgan qariyalarimizning hurmatini joyiga qo‘yishdir. Zero, mo‘tabar otaxon va onaxonlarimizni hayotligida qadrlash barchamizning muqaddas burchimizdir”.

Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: “Dunyodan o‘tganlarning yaxshi sifatlarini eslanglar, ularning yomon sifatlarini aytishdan saqlaninglar” – deydilar. (Imom Termiziy rivoyati).

Avvalo, marhum va marhumalarning yaxshi sifatlar va xayrli amallari eslansa, u joyga baraka nozil bo‘ladi. Sufyon ibn Uyaayna r.a. “Solih kishilar eslangan vaqtda Alloh taoloning rahmati tushadi” – deydi.

Yana marhum va marhumalarning yaxshi sifatlar va xayrli amallari eslansa, insonlarda bunday xayrli amallar qilish istagi ortadi. Insonda yaxshilikka harakat qilishga muhabbat hosil bo‘ladi.

Albatta, marhumlarni eslash bilan ularning haqqiga Alloh taolodan rahmat va mag‘firat so‘raladi. Farzand va har bir inson ota – onasini va boshqa qadrdon marhumlarni doimo yaxshi sifatlar bilan eslash uning zimasidagi burchidir.

Ta’kidlash lozimki, o‘tgan ajdodlarimizni hamisha xotirlab, bizlarga qoldirib ketgan boy madaniy–ma’rifiy meroslarini o‘rganib, ularni hozirgi hayotimizga tatbiq etishimiz hozirgi davr talabidir.

Xotirasi insonlar qalbida muqaddas saqlanadigan odam, o‘limidan keyin ham barhayot bo‘lib qolish uchun zarur ishni qilib qo‘ygan odamdir, deyishadi. Xotira muqaddas deb shuni aytsalar kerak.

Shukrki, ona diyorimiz dorilomon kunlarga yetib keldi. Osmonimiz musaffo, hurriyat va erk shabadalari esmoqda. Xonadonlarimizda onalarning allalari, farzandlarning shodon kulgusi, keksalarimizning duoyu tilaklari yangrab turibdi. Yoshlarimizga o‘zlari xohlagan ilmlarni va                kasb-hunarlarni egallashlariga keng imkoniyatlar yaratib berilgan.             Insonga bundan ortiq yana nima kerak?

Endi bizlar ustozlarimiz, bobolarimiz ta’kidlaganlaridek,          ota-bobolardan meros mana shu tabarruk tuproqni ko‘z qorachig‘imizdek asramog‘imiz, tinchlik ne’mati hech qachon osonlik bilan qo‘lga kiritilmasligini, uning ortida qanchadan qancha jasur insonlarning zahmati borligini unutmasligimiz, Vatan, xalq manfaatini har narsadan ustun qo‘yib, porloq kelajagi uchun astoydil harakat qilishimiz, shu zamin va ajdodlarimizga munosib bo‘lishimiz zarur.      

 

“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudir muovini  A.G‘aniyev

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Fotiha surasi duosi

9.01.2025   1519   1 min.
Fotiha surasi duosi

Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV