Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Sog‘lom aqidaning mo‘min hayotidagi ahamiyati

02.05.2017   8282   4 min.
Sog‘lom aqidaning mo‘min hayotidagi ahamiyati

Har bir balog‘atga yetgan aqli raso musulmon uchun dastlab sog‘lom aqidani o‘rganishi farz bo‘ladi. Shuningdek Islomni qabul qilgan kishiga ham amaliy hukmlarni o‘rgatishdan oldin sog‘lom aqida hukmlari o‘rgatiladi. Bunga Imom Muslim rivoyat qilgan quyidagi hadis dalildir. Payg‘ambarimiz sollalllohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Yamanga yuborayotganlarida shunday deganlar:

إِنَّكَ تَقْدَمُ عَلَى قَوْمٍ أَهْلِ كِتَابٍ فَلْيَكُنْ أَوَّل مَا تَدْعُوهُمْ إِلَيْهِ عِبَادَة اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ فَإِذَا عَرَفُوا اللَّهَ فَأَخْبِرْهُمْ أَنَّ اللَّهَ فَرَضَ عَلَيْهِمْ خَمْسَ صَلَوَاتٍ فِى يَوْمِهِمْ وَلَيْلَتِهِمْ

“Siz ahli kitob bo‘lgan qavmga borayapsiz, ularni avval chaqiradigan narsangiz Alloh azza va jallaga ibodat qilish bo‘lsin. Qachon Allohni tanisalar Alloh ularga bir kecha kunduzda besh vaqt namoz farz qilganini xabar bering”.

Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu hadislarida musulmon kishining eng avval to‘g‘ri aqidani o‘rganishi lozimligini xabar berganlar.

Sog‘lom aqida Islom dinining asosi bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar etib yuborilganlaridan so‘ng deyarli o‘n uch yil davomida u zotga asosan aqidaga taalluqli hukmlar vahiy qilingan.

Ulamolar “Sog‘lom aqidani qisqacha qilib Alloh taologa, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, qadarning yaxshisi ham yomoni ham Allohdan ekaniga va o‘lgandan so‘ng qayta tirilishga iymon keltirishdir”, deb tushunish mumkin, deganlar.

Mazkur yettita narsaga qat’iy ravishda ishonish sog‘lom aqidaning asoslari bo‘lib, iymon keltirish lozim bo‘lgan barcha narsalar mazkur asoslardan kelib chiqadi.     

Bayon qilingan ushbu aqida, turli zamonlar va makonlar tufayli o‘zgarmagan,  yuborilgan barcha payg‘ambarlarda farqlanmagan yagona qat’iy e’tiqoddir.

Sog‘lom aqidaning avvali Alloh taoloning borligiga, birligiga va komil sifatlar bilan sifatlanganiga iymon keltirish hisoblanadi. Musulmon kishi nomusulmon kishidan “Ashhadu an la ilaha illalloh” (Allohdan o‘zga ma’bud yo‘qligiga guvohlik beraman) deb shahodat kalimalarini aytishi va ularning taqozosiga ko‘ra hayot kechirishi bilan ajralib turadi. Ushbu guvohlik berish musulmonlikning asosi hisoblanib, musulmon kishining hamma qarashlari mazkur asos ustiga quriladi.     

Shunga ko‘ra sog‘lom aqida mo‘minning hayotida mislsiz ahamiyatga egadir:

  • Sog‘lom aqida mo‘min banda va Alloh taolo o‘rtasidagi aloqaning mohiyati nimadan iboratligini tushuntirib beradi. Ulamolar sog‘lom aqidali musulmonning tasarrufi qanday bo‘lishiga quyidagicha misol keltirganlar. “Bir kishiga do‘sti ma’lum miqdorda mablag‘ berib uni qayerlarga sarflashini tayinlasa, do‘sti mazkur joylarga ortiqcha qiynalmasdan, ichi achishmasdan sarflaydi. Chunki unda qo‘lidagi mablag‘ to‘g‘risida “bu mablag‘ mening shaxsiy molim emas, mening qo‘limda turgan omonatdir, men uni faqatgina egasi tayinlagan joylarga sarflovchiman xolos” degan sog‘lom aqidasi bo‘ladi. Shu ma’noda sog‘lom aqidali mo‘min kishi o‘zidagi barcha narsalarni Robbisining omonati deb biladi. Molidan zakot yo ushr yoki yetim-yesirlarga biror ehson qilar ekan, o‘z yonidan berayotgandek og‘rinib emas balki zimmasidagi omonatini ado etayotganidan xursand bo‘lib sarflaydi. Bu esa undagi sog‘lom aqidaning samarasi hisoblanadi;   
  • Sog‘lom aqida qilingan ibdatlarning qabul bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Chunki sog‘lom aqidasiz qilingan amallar qabul bo‘lmaydi;
  • Dunyoda saodatli hayot kechirish sog‘lom aqidaga bog‘liq;
  • Sog‘lom aqida kishini nafsi talpinayotgan harom ishlardan to‘sib turadi;
  • Sog‘lom aqida kishini doimo Robbisiga ibodat qilishga chorlab turadi. Chunki e’tiqodiy hukmlar va amaliy hukmlar poydevor va uning ustiga qurilgan binodek bir-biriga chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun ham e’tiqodiy hukmlarga qalb bog‘lanmasdan turib amaliy hukmlarni hayotga to‘g‘ri tatbiq etib bo‘lmaydi.
  • Oxiratda najot topish sog‘lom aqidaga bog‘liq.

Demak dunyoda baxtli hayot kechirib oxiratda jannatga kirishni  xohlagan inson albatta sog‘lom aqidani o‘rganishi va uning taqozosiga ko‘ra yashashi lozimdir.

Alloh taolo barchalarimizni dunyo va oxirat saodatiga muvaffaq qilsin.

Olamlar Robbisiga hamdu sanolar, Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga hamda u zotning oilalariyu sahobalariga salavot va salomlar bo‘lsin! 

Abdulqodir Abdur Rahim 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

23.07.2025   13239   1 min.
Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi. 
 

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari