Shu yilning 20-30 aprel kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja (ash-Shoriqa) shahridagi “Qosimiya” universiteti tomonidan “Qur’oni karim va sunnati nabaviya” muassasasi bilan hamkorlikda Qur’oni karim va sunnati nabaviya musobaqasi o‘tkaziladi.
Musobaqada Fors ko‘rfazida Hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar, Saudiya Arabistoni Podshohligidagi “Al-Javf” universiteti, O‘mon sultonligidagi “Sulton Qobus” universiteti va Kuvayt shahridagi “Al-Kuvayt” universiteti hamda BAAdagi 24 ta universitet talabalaridan iborat 300 dan ortiq qori yigit va qoriya qizlar ishtirok etmoqda.
Musobaqa quyidagi 5 yo‘nalishda o‘tkaziladi:
G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. “Qosimiya” universiteti rektori Doktor Rashshod Solim musobaqaning dastlabki davrasi universitet talabalari ishtirokida, so‘ngra BAAdagi universitet talabalari, so‘nggi davralari esa BAA bilan Fors ko‘rfazidagi Hamkorlik kengashi davlatlaridagi oliygoh talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tishini ta’kidlab, musobaqani o‘tkazishdan talaba yoshlarni Qur’oni karim va hadisi shariflarni yodlashda musobaqalashishga qiziqtirish hamda “Qosimiya” universiteti bilan boshqa arab davlatlaridagi universitetlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlarini orttirish maqsad qilinganini ma’lum qildi.
Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi
Ilyosxon AHMЕDOV
tayyorladi
Shu yil 29 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi bilan Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan birga imom-xatiblar tomonidan ehtiyojmand oilalarga mansub 20 nafar bolajonga maktab forma va o‘quv qurollari topshirildi.
Ushbu xayrli tashabbus yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishga sharoit yaratish va yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda boshlashiga xizmat qiladi, insho Alloh.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
Matbuot xizmati