Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Avgust, 2025   |   9 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:20
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:42
Xufton
21:07
Bismillah
03 Avgust, 2025, 9 Safar, 1447

“Qur’oni karim va sunnati nabaviya” bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda

21.04.2017   6161   1 min.
“Qur’oni karim va sunnati nabaviya” bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda

Shu yilning 20-30 aprel kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja (ash-Shoriqa) shahridagi “Qosimiya” universiteti tomonidan “Qur’oni karim va sunnati nabaviya” muassasasi bilan hamkorlikda Qur’oni karim va sunnati nabaviya musobaqasi o‘tkaziladi.

Musobaqada Fors ko‘rfazida Hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar, Saudiya Arabistoni Podshohligidagi “Al-Javf” universiteti, O‘mon sultonligidagi  “Sulton Qobus” universiteti va Kuvayt shahridagi “Al-Kuvayt” universiteti hamda BAAdagi 24 ta universitet talabalaridan iborat 300 dan ortiq qori yigit va qoriya qizlar ishtirok etmoqda.

Musobaqa quyidagi 5 yo‘nalishda o‘tkaziladi:

  1. Qur’oni karimning 30 porasini tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qish.
  2. Qur’oni karimning 20 porasini tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qish.
  3. Qur’oni karimning 10 porasini tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qish.
  4. Qur’oni karimning 5 porasini tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qish.
  5. Sunnati nabaviya yo‘nalishida hadisi shariflarni yoddan aytib berish.

G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. “Qosimiya” universiteti rektori Doktor Rashshod Solim musobaqaning dastlabki davrasi universitet talabalari ishtirokida, so‘ngra BAAdagi universitet talabalari, so‘nggi davralari esa BAA bilan Fors ko‘rfazidagi Hamkorlik kengashi davlatlaridagi oliygoh talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tishini ta’kidlab, musobaqani o‘tkazishdan talaba yoshlarni Qur’oni karim va hadisi shariflarni yodlashda musobaqalashishga qiziqtirish hamda  “Qosimiya” universiteti bilan boshqa arab davlatlaridagi universitetlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlarini orttirish maqsad qilinganini ma’lum qildi.

Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi

Ilyosxon AHMЕDOV

tayyorladi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar

01.08.2025   4109   1 min.
“Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar

Ma’ruf ibn Fayruz al-Karxiy rahimahulloh aytadilar:

“Dunyo to‘rt narsadan iborat: mol, so‘z, uyqu va taom. Mol tug‘yonga olib boradi, so‘z adashtiradi, uyqu esdan chiqaradi, taom shahvatga yetaklaydi”.


“Solihlar ko‘p, lekin ular ichida siddiqlar kam”.


“Alloh kimga yaxshilikni istasa, unga amal eshigini ochib, tortishish eshigini yopadi. Agar yomonlik istasa, amal eshigini yopib, tortishish eshigini ochadi”.


“Allohga tavakkul qil, toki U sening ustozing va shikoyat qiladigan Zoting bo‘lsin. Chunki insonlardan naf yo‘q”.


“Ko‘zlaringizni tiying, hatto urg‘ochi qo‘ydan ham”.


“Saxiylik — muhtoj paytda muhtoj narsani boshqa birovga berishdir”.


“Tungi ibodat mo‘min uchun qiyomat kunida nur bo‘lib, o‘ngu so‘lini yoritadi. Kunduzgi nafl ro‘za esa, bandani do‘zaxning issig‘idan uzoqlashtiradi”.


“Qiyomat kunida bir nido qilguvchi: “Ey Allohni madh qilganlar turinglar”, deb nido qiladi. Shunda, “Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar turishadi”.


“Avliyolarning alomati nima?” — deb so‘rashdi. “Alomatlari uchtadir: Alloh uchun g‘am chekadi, Alloh bilan mashg‘ul bo‘ladi va Alloh tomonga qochishadi”.


Dovud Toiyning do‘stlaridan biri menga: “Amalni tashlama. U seni Robbingning roziligiga yaqinlashtiradi”, dedi. Men undan: “Qaysi amalni?” deb so‘radim. U: “Robbingga doimiy itoat, musulmonlarga xizmat va ularga nasixat dedi.
 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV