Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rajab oyi kirsa, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Allohumma barik lana fi rajabin va sha’bana, va ballig‘na ramazona”, der edilar” (Bayhaqiy va Tobaroniy rivoyati).
“Yo Alloh! Rajab va sha’bon oylarida bizga baraka ato qilgin va bizlarni Ramazon oyiga yetkazgin!”.
Rajab oyi shamolga, Sha’bon oyi bulutga, Ramazon oyi esa yomg‘irga o‘xshaydi. Endi kim Rajab oyida ekin ekmasa, sha’bon oyida uni sug‘ormasa, Ramazon oyida hosilni qanday qilib yig‘ib oladi?
Shunday ekan, hosilingiz serhosil bo‘lishi uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘rnak olgan holda Rajab oyida ko‘proq solih amallar bilan birga duo qilishni ham unutmang!
Davron NURMUHAMMAD
tayyorladi
Qariyb o‘n oydirki, yurtimizning barcha hududlarida “Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Hoji ota, hoji onalar, imom-xatib va faollar bilan birga mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, notinch, ajrim yoqasida turgan oilalar holidan xabar olib, qimmatli va’z-nasihatlar bilan ularning ko‘ngillariga iliqlik olib kirish barobarida xayriya va ehsonlar ulashmoqda.
Bugunga qadar 84 ming 793 ta tadbir o‘tkazildi. Ularda 518 121 nafar yurtdoshimiz qamrab olindi. 11 mingdan ziyod hojilar ishtirok etayotgan tadbirlar natijasida jamiyatdagi ma’naviy muhit yanada yaxshilanmoqda. Zero, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot kishilik jamiyatida doimiy qilinishi lozim bo‘lgan ishlar sirasiga kiradi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati