Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyul, 2025   |   28 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:10
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:53
Xufton
21:23
Bismillah
23 Iyul, 2025, 28 Muharram, 1447

Internet tahdididan ogoh bo‘ling!

11.04.2017   5352   4 min.
Internet tahdididan ogoh bo‘ling!

Kunimizni internetsiz tasavvur qilishimiz qiyin bo‘lib qoldi. Har bir ishimizda internetga murojaat qilamiz. Biror muammoga duch kelsak ham, kundalik yumushlarimizda savol tug‘ilsa ham ana shu tarmoqlardan javob axtaramiz. Internet xuddi ochiq darvozaga o‘xshab unga har qanday axborot oqimi kirib kelaveradi. O‘z vaqtini internetga sarflayotgan yoshlar esa nafaqat vaqtini boy beradi, balki yovuzlik to‘riga ilinib qolishi ham mumkin.

Ayniqsa, ekstremistik oqim vakillariga internetning ochiq darvozasi juda qo‘l kelmoqda. Buzg‘unchi oqimlar, yoshlarga muammolariga yordam berishni va’da qiladi yoki dinni o‘rgataman, deb avraydi. Tabiiyki, qiziqqon va intiluvchan yoshlar qanday yomon yo‘lga kirib qolganini o‘zi ham anglay olmay qoladi. Ana shunday achinarli vaziyatga duch kelmaslik uchun, avvalo, har bir o‘g‘il-qiz ilmli bo‘lishga intilishi lozim. Ko‘rgan ma’lumoti haqida mulohaza yuritishi, shubhali tuyulgan axborotlardan uzoq turishi muhim.

Qolaversa, din ilmini o‘rganishni niyat qilgan yoshlar uchun yurtimizda qanchadan-qancha o‘quv yurtlari faoliyat yuritmoqda.  

Alloh taolo oyati karimasida insoniyatni ogohlikka chaqirib:

“Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda, biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar!” deb marhamat qilgan. Ushbu oyatning tafsirida ulamolar bu kabi vaziyatda o‘sha ma’lumotning haqiqat ekanini bilguncha kutish lozimligi, shoshilib qabul qilish mumkin emasligini aytganlar.

Chindan ham, inson qiziquvchan, u yangilik kutib yashaydi. Biroq, internetdan kelayotgan uydirma ma’lumotlarni qabul qilib olishi uning o‘ziga zarar yetkazishi mumkin.

Yevropa olimlari yoshlarning ilm olishi ustidan tadqiqot olib borishganda, natija ko‘pchilikni hayratga soladi. Yoshlarda diniy dunyoqarashning shakllanishi ko‘p jihatdan global tarmoq – internet orqali uzatilayotgan ma’lumotlarga bog‘liq bo‘lib qolayotgan ekan. G‘arb mamlakatlarida istiqomat qilayotgan ko‘plab musulmonlar kundalik hayotida duch kelayotgan muammolariga o‘zlari amal qilib kelayotgan islom dini qanday munosabatda ekanini bilishni istaydi. Bunday qiziqish yurtimizda ham uchrab turadi hamda ko‘plab yurtdoshlarimiz o‘z savollariga saytlardan javob olishga intiladi... Demak, har sohada bo‘lgani kabi internetdan foydalanishda eng muhim shart – balandparvoz tavsiyalaru tagi puch g‘oyalarga ishonmaslik kerak. Ayniqsa, diniy mazmundagi masalalarga duch kelganda allaqanday saytlardan emas, balki O‘zbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz portali hamda Aydarbek Tulepovning yaqinda qayta nashr etilgan   “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobida tavsiya etilgan diniy idora tasarrufidagi saytlaridan   foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Aholining dunyoqarashini shakllantirishda, yoshlar ongidagi bo‘shliqni to‘ldirishda internetning  ham o‘ziga xos o‘rni bor. Shunday ekan, nazoratni avvalo, o‘zimizdan boshlashimiz zarur. E’tibor beraylik, biz ko‘p vaqtimizni yaqinlarimizga emas, ana shu tarmoqlardagi mazmunsiz ma’lumotlarni olishga yoki o‘yinlar daryosiga g‘arq bo‘lishga sarf etmayapmizmi? Bekor ketayotgan aziz vaqtimizni foydaliroq ishlarga safarbar etsak,  hayotimizga mazmun kirishi mumkindir. Albatta, hushyorlik va ziyraklikni ham hamisha qo‘ldan boy bermaslik muhim ahamiyatga ega. Mahmud Zamaxshariy aytganidek, “Hushyor va zakovatli odam uldurki, uning fikr doirasi keng, uzoqni yaqindek ko‘ra oladigan g‘aflat uyqusidan yiroq, balki hamisha fikru zikri bilan uyg‘oq, maxfiy ishoratdan ham o‘ziga xulosa chiqara ola biladigan, so‘qir ko‘zdan ham yosh oqiza oladigan bo‘lur”.

 

     Muhammada’lo MADRAHIMOV,

“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazi yangi umra mavsumini 2025 yil avgust oyidan boshlanishini e’lon qiladi

15.07.2025   11930   1 min.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazi yangi umra mavsumini 2025 yil avgust oyidan boshlanishini e’lon qiladi

So‘nggi yillarda umra safarlarini yuqori saviyada tashkil etish, ziyoratchilarga sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatish hamda ibodatlarni shariat talablariga muvofiq ado etish ishlari “Haj” va “Umra” markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.

30 yildan ziyod amaliy tajriba asosida ziyoratchilarimiz uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.

Dastur doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi orqali Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar;

3 kecha Madina, 7 kecha Makkada bo‘lish;

Jidda–Madina, Madina–Makka va Makka–Jidda yo‘nalishlarida zamonaviy avtobuslar xizmati;

Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar;

3 mahal mazali taomlar;

Madina shahrida Nabaviy masjidi, “Ravza”, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat;

Makka shahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari hamda Nur va Savr tog‘lariga ziyorat;

Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohat.

Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ibodat va safarni oson va xotirjam o‘tishini ta’minlaydilar.

Umra safariga borish niyatida bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu imkoniyatdan foydalanishga taklif etamiz.

Murojaat uchun telefonlar:

Haj va Umra Markazi
+998778821858
+998998821858

Hududiy mas’ullar:
Andijon vil. +998999012979
Farg‘ona vil. +998902723477
Namangan vil. +998902181117
Sirdaryo vil. +998911012816
Jizzax vil. +998941955554
Samarqand vil. +998979121674
Qashqadaryo vil. +998995803520
Surxondaryo vil. +998915861007
Buxoro vil. +998906116486
Navoiy vil. +998997516005
Xorazm vil  +998910941100
Qoraqalpog‘iston Res. +998973490457