Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2025   |   20 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:03
Quyosh
05:31
Peshin
12:33
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:49
Bismillah
14 Avgust, 2025, 20 Safar, 1447

Internet o‘yinlarining ta’siri

29.03.2017   7358   4 min.
Internet o‘yinlarining ta’siri

Hozir vertual o‘yinlar keltirib chiqarayotgn illatlar, yoshlarni halokatga gririftor etayotgani va nobud qilayotgani haqida so‘z yuritmoqchimiz. Shuningdek, Islom dinida bunday ishlarga berilmaslik haqidagi ko‘rsatmalariga ham to‘xtalmoqchimiz.

Hozirgi kunda Amerika tibbiyot uyushmasi videoo‘yinlarga berilib ketishni ham rasman aqliy zaiflik kasalliklari qatoriga kiritish arafasida. Shifokorlarning fikricha, bu kasallik kuniga ikki soatdan ortiq o‘yin o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu internetdan ko‘ngilxushlik izlaydiganlarga ham tegishli albatta. Kompyuter o‘yinlarining keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan biridir. Hozir dunyodagi juda ko‘p mintaqalar, jumladan, Yevropa mamlakatlarida internetga qullik hastaligini davolaydigan maxsus shifoxonalar ko‘paymoqda.

Ma’lum qilinishiga ko‘ra, tadqiqotchi Hilmiy Xidir Soriy “internet orqali bog‘lanishning ijtimoiy munosabatlarga ta’siri” mavzuida 471 kishi o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, internetga mutelik oqibatida ijtimoiy va ruhiy yolg‘izlik muammosi ko‘payayotgani aniqlangan. Sarosima, tushkunlik, xavotir, farzandlarning internet bilan mashg‘ulligi sababli yosh oilalardagi kelishmovchiliklar, yoshlarning oila a’zolari bilan aloqalari beqarorlashuvi ushbu muammoning asosiy alomatlari sifatida ko‘rsatilmoqda. Bunga Ustozimiz Aydarbek Tulepovning “Internetdagi tahdidlardan himoya” asarida keltirilgan voqiani misol qilib keltirish mumkin.

Janubiy Koreyada harbiy-strategik o‘yinlar quliga aylangan 28 yoshli yigit olamdan o‘tadi. Ma’lum qilinishiga ko‘ra, u uch kun davomida o‘yinxonadan chiqmagan ekan. Faqat hojatxonaga chiqish va gohida ozgina mizg‘ib olish uchun o‘yin stolidan nari ketgan, xolos. Bungacha o‘g‘li necha kundan buyon bedarak ketganidan xavotirga tushgan ona yordam so‘rab, bolasining sobiq haskasblariga murojaat qiladi. O‘g‘il o‘yinlarga berilib ketgani oqibatida bir oy oldin ishdan haydalgan edi. Sobiq hamkasblar “o‘yin bandasi”ni juda oson topishadi. U yaqin oradagi o‘yinxonada edi. O‘yinlar quli darhol uyiga yetib borishi kerakligi haqidagi iltimoslarga: “O‘yinning shu bosqichini oxiriga yetkazib qo‘yay, albatta boraman”, - deb javob beradi. Biroq bu gapidan bir necha daqiqa o‘tib, u yurak xurujidan o‘ladi. Tashxisga ko‘ra, yurak xuruji qattiq charchoq holatining haddan ortiq cho‘zilib ketishi sabab yuzaga kelgan edi.

Kompyuterda soatlab, kunlab o‘tirib, turli vertual qo‘shtirnoq ichidagi mukofotchalarni, yutuqlarni “qo‘lga kiritgan” kishi uchun ular chinakamiga qimmatli ma’no kasb eta boshlaydi. Mana shunday ball va yutuqlar “sodiq” o‘yinchilar orasida sotiladi, xarid qilinadi. Bunday ishga esa ayamay pul sarflanadi. Masalan, “Project Entropia” o‘yiniga mukkasidan ketgan avstraliyalik Devid Stor ismli talaba 35 ming AQSH dollari evaziga  vertual orol sotib oladi. Bu orolda eski qal’a, bir qancha cho‘milish  va turli maxluqlarni ovlash uchun maxsus joylar mavjud. Lekin bu joylar faqat tasavvurda, kompyuter ekranidagina, xolos.

Juda ko‘p o‘yinlar odamlarni, hayvonlarni shafqatsizlarcha o‘ldirish, qon to‘kish sahnalari asosiga qurilgan. Bunday ayanchli lavhalar nafaqat yoshlarning, hatto yoshi kattalarning ongiga ham juda kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. “GTA”, “Snaypir”, “Qotil”va boshqa ana shular kabi o‘yinlarga berilganlarning ba’zilari keyinchalik haqiqiy qotillarga aylanishgani fikrimizga yaqqol dalil bo‘ladi.

Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari orqali tez-tez eshitib qolamiz: G‘arb mamlakatlarida maktab o‘quvchilari, o‘smir yigit-qizlar o‘z ota-onalari, o‘qituvchilari, tengdoshlari o‘limiga sabab bo‘lishmoqda. Bunday dahshatli voqealar G‘arb bolalariga vertual olam berayotgan “tarbiya”ning zaharli mevasi ekani achchiq haqiqatdir.

Kompyuter o‘yinlari kabi behuda va talofatli ishlarga sho‘ng‘ishni Islom dini qoralaydi. Chunki buning natijasida bolaning imon-e’tiqodi zaiflashib, shaytonning quliga aylanadi va uning nayranglari bo‘yicha ish qiladi. Oqibatda o‘zi ham halok bo‘ladi. Shuning uchun yoshlarning imon-e’tiqodi, irodasi mustahkam bo‘lsa, turli bema’ni ishlarga chalg‘imaydi. Ammo kompyuter va internet tutquniga aylangan inson butun umrini tubanlikka sarflaydi. Go‘yoki yaratilishdan maqsad yo‘qdek. Axir Alloh subhanahu va taoloning: “Yoki sizlarning gumoningizcha, Biz sizlarni behuda yaratdig-u, sizlar Bizning huzurimizga qaytarilmaysizmi?!” (Mu’minun, 115), - degan oyati shunchaki dunyoga keltirilmaganimizni aytib turibdi. Shunday ekan, bu haqda tafakkur qilib, aql yuritishimiz lozim.

Alloh taolo yurtimizni tinch, osmonimizni musaffo qilsin. Turli balo-ofatlardan barchalarimizni O‘z panohida asrasin.

Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi

Tojiddinov Abdus Somad Abdul Bosit

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi

13.08.2025   1969   1 min.
O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi

Xabar berganimizdek, Saudiya Arabistonida Podshoh Abdulaziz nomidagi Qur’oni karim hifzi, qiroati va tajvidi bo‘yicha 45-xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.


Musobaqaning “Hifz” yo‘nalishida “Ko‘kaldosh” bilim yurti talabasi Shukurbek qori Shuhratbekov va “Qur’oni karimning 15 juzini tajvid bilan yoddan o‘qish” yo‘nalishida esa “Sayyid Muhyiddin maxdum” bilim yurti talabasi Dostonbek qori Sodiqov ishtirok etmoqda.


Qorilarimiz mazkur musobaqaning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, yakuniy bosqichga etib keldi.


Bugun Toshkent vaqti bilan 18:30 da yurtimiz vakillari musobaqaning yakuniy bosqichida ishtrok etadi.


Alloh taolodan Vatanimiz sha’nini himoya qilayotgan qorilarimizga muvaffaqiyat so‘raymiz. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari