Yod olish - ma’lum bir hajmli tekstni qisqa vaqt ichida ko‘p og‘zaki qaytarish orqali esda saqlab qolishdir. Ta’lim tarixidan ma’lumki, diniy kitoblardagi mavzular ko‘pincha yodlab o‘rganilgan. Kitoblar asosan qo‘lyozma shaklida ko‘paytirilgani uchun darslik hamma talabalarga yetarli bo‘lmagan. Bunday sharoitda ta’limda yodlash usuli yetakchi usul bo‘lib hizmat qilgan. Vaqt o‘tib kitoblar ko‘p-ko‘p chop etila boshlasa ham yodlash usuli o‘zining mohiyatini yo‘qotmagan. Buning sabablaridan biri malakali diniy mutahassislarni tayyorlashda bu usul juda qo‘l kelgan. Ma’lumki, ulamolarga omma xalq turli savollar bilan tinimsiz murojaat qilishgan. Ulamolar fuqarolarga tez va aniq, to‘g‘ri javob berishlari lozim bo‘lgan. Javoblar qat’iy Qur’on oyatlari va hadislardagi dalillardan olingan. Bu ma’suliyatni hal qilishning birdan-bir yo‘li ushbu dalillarni yoddan bilish bo‘lgan.
IXV-asrga kelib G‘arb ta’limotida keskin o‘zgarish yuz berdi. Buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy o‘zining ”Buyuk didaktika” asarida ta’limning yangi nazariyasini ochib berdi. Ushbu nazariya shu vaqtgacha yetakchi bo‘lgan yodlash usulini tanqid ostiga oldi. Albatta, bu nazariya Sharq ta’limotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Shunga qaramasdan yodlash usuli o‘z mohiyatini yo‘qotmasdan amaliyotda keng foydalanib kelindi.
Yodlash usulining ijobiy tamonlari bolalarning lug‘at boyligini oshiradi. O‘z navbatida bola mazkur lug‘atlardan boshqalar bilan bo‘lgan muloqotida keng foydalanadi. Ba’zida bola biron bir jumlaning mohiyatini to‘liq tushunib yetmasada, yodlagan jumlani o‘z nutqida bemalol qo‘llay oladi. Ayniqsa vaqt chegaralangan bo‘lsa hajmi kichik ma’lumotlarni eslab qolishning yuqori darajasi yodlash orqali belgilanadi. Bu usul sodda, oson usul hisoblanadi. Biroq tushunmasdan yodlangan ma’lumotlar bilim olishda har doim ham qo‘l kelavermaydi. Yana shuni ta’kidlash joizki, yodlash kezi kelganda zerikarli va qiyin hisoblanadi. Buning ustiga tez yodlagan ma’lumotlar tez esdan chiqish xususiyatiga ham ega. Hozirgi kunda bu usuldan chet tillari, karra jadval, alifbo harflari, qoidalar, tarixiy sanalarni o‘zlashtirishda qo‘llanilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, yodlash usuli Qur’oni karim oyatlarini eslab qolishning birdan-bir “oltin” usuli bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun qadimda ota bobolarimiz: “Dehqon bo‘lsang shudgor qil, mulla bo‘lsang takror qil”, deya bejizga aytmaganlar.
Xadichai Kubro o‘rta maxsus islom
bilim yurti mudarrisasi Qurbonova Gulobod
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi