Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Mart, 2026   |   9 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:52
Quyosh
06:12
Peshin
12:33
Asr
16:54
Shom
18:49
Xufton
20:02
Bismillah
29 Mart, 2026, 9 Shavvol, 1447

Teshik chelak

28.03.2017   11688   1 min.
Teshik chelak

Qadim zamonda suv tashuvchi bir yigit bo‘lgan ekan. U obkashining ikki chetiga ilingan chelaklarda suv tashir ekan. Chelaklardan birining tagida teshik bo‘lib, manzilga yetguncha suvning yarmi to‘kilib borar ekan. Butun chelak o‘z vazifasini to‘la-to‘kis bajarayotganidan mag‘rurlanar, teshik chelak esa ishining yarminigina bajara olayotganidan uyalib, xijolat chekar ekan.

Bir kuni teshik chelak egasiga debdi: "Men sendan uzr so‘ramoqchiman, olgan suvingning yarminigina yetkaza olaman". Suv tashuvchi yigit unga javoban: "Seni ko‘tarib keladigan tomonimdagi gullarni ko‘rganmisan? Men ularni ataylab shu tomonga ekkanman. Har safar suv tashiganimda sen ularni sug‘orib ketasan. Men necha martalab ayolimga shu gullardan guldastalar sovg‘a qilganman. Buning uchun senga rahmat aytaman", debdi.

Tadbirkor odam hatto teshik chelakdan ham o‘zi uchun foyda ola biladi.

 

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

26.03.2026   7203   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Andijon viloyati Asaka tumani "Xazrati Umar" jome masjidi imom xatibi Muhammadsobir domla Iminovning volidai mehribonlari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi. 
 

Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!


Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, Ulamolar kengashi a’zolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhuma onaxonning yaqinlariga xususan, Muhammadsobir domla Iminovga hamdardlik bildiradi. 


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.


«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering». 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari