Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Avgust, 2025   |   23 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:34
Peshin
12:32
Asr
17:18
Shom
19:23
Xufton
20:43
Bismillah
17 Avgust, 2025, 23 Safar, 1447

Nozik xilqatning nozik tarbiyasi

13.03.2017   6872   4 min.
Nozik xilqatning nozik tarbiyasi

Qiz bolaning tarbiyasini qaysi vaqtdan boshlash kerak,  deb  so‘rab qolishdi. Ajib savol. Aslida bola tarbiyasi unga  ona tanlash chog‘idan boshlanadi.  O‘zi-ku, savol egasi qiz bolaga xos tarbiyani nazarda tutgan edi, menimcha.

Qiz farzandmi, qiz nevarani ko‘rib, yuragingiz bir hapqirib ketadi.  Uning shirin qiliqlari-yu, biyron gapirishlari kishini iydirib yuboradi. Ammo Yaratganning ana shu ne’matini asrab avaylab, chiroyli tarbiya berish  g‘oyat nozik masala.

Qiz bolaning tarbiyasiga go‘dakligidan qattiq turish kerak, chunki  qiz bola birovning xasmi – sizning sha’ningizni  boshqa oilada  himoya qilguvchi nozigu buyuk hilqat.

Ishxonamizning yo‘li ustida bog‘cha bor.  Ishga kelayotib-qaytayotib bog‘chaga kelayotgan-ketayotgan shirintoylarga ko‘zim tushadi. Qizchalarning  kiyimiga nazar solar ekanman, kattalarning o‘zlari qizlar tarbiyasini yo‘ldan chiqaryaptimikan, deb o‘ylab qolaman ba’zan. Bog‘cha yoshidagi qizlarning  bo‘y yetgan qizlarga taqlid qilishi, yelkasi ochiq, ayniqsa,  yubka yoki kuylaklar shu qadar kaltaki, ichki kiyimigacha ko‘rinib turadi. Ichki kiyimlari esa  tor va kichkina bo‘ladi. Bog‘chada bo‘lganida o‘tirish bor, uxlashi bor...

Ba’zi onalar o‘zlari bolalarini cho‘miltirishga erinib, 6-7 yoshli o‘g‘liga singlingni cho‘miltirib chiq, deb ish buyuradi. Bir xonada, bir joyda o‘rnini ham bitta qilib beradiganlar ham bor. Alohida xonada yotqizishni iloji bo‘lmasa, hech bo‘lmasa, bir xonadagi joyini bo‘lak qilish mumkin-ku!

Bir xonadonga borganimizda u yerdagi manzarani ko‘rib, hayron bo‘lib qoldik. Tog‘a-jiyan bo‘ladimi, amaki-jiyan bo‘ladimi, hamma bir-biri bilan belidan ushlab, o‘pishib ko‘rishish odati bor ekan. Kelinning qaynota bilan o‘pishib ko‘rishishi qaysi mantiqqa to‘g‘ri keladi? Dadasimi, tog‘asimi, amakisimi, otasimi – kelinlar o‘tirib, bemalol bola emizib o‘tiribdi. Balki bu gapimiz ba’zilarga erish tuyilar, nima bo‘libdi, qarindosh-ku deyishar. Ammo oradagi masofani saqlash kerak, hatto u ota bilan qiz bo‘lganda ham...

Ulamodan: “Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam qizlari Fotima onamizni  o‘pgan ekanlar, shunga ko‘ra, ota qizini o‘psa bo‘ladimi?”  deb so‘rashibdi. Ulamo: “Payg‘ambarimiz solallohu alayhi va sallam qizlari Fotimani peshonasidan, ro‘moli ustidan o‘pganlar”, deb javob beribdi.

Hayo, ibo, iffat kabi fazilatlarni yoshlarga bolaligidan tushuntirib borish kerak. Hayo bir husn bo‘lsa, hayosi yo‘q yuz jonsiz jasad kabidir. Bu borada ota-onalarning o‘zlari farzandlariga ibrat bo‘lishlari lozim.

Onalarning farzandlari oldida ochiq-sochiq yurishining o‘zi ham hayo to‘g‘risidagi pand-nasihatning qadrini yo‘qotadi. Onasidan ochiq kiyimlarni kiyishni  o‘rgangan qiz ham  erkaklardan tortinmaydigan hayosiz bo‘lib voyaga yetadi. Ayollarning ochiq holda ko‘rib voyaga yetayotgan o‘g‘il bolalar bu holga  ko‘nikib qoladi va vaqti kelib mijoz soviydi.   

Farzandlarga hayo borasida nasihat qilishdan oldin o‘zimiz shu fazilatga egamizmi, yo‘qmi, o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Tarbiya masalasida kattalarning gapidan ko‘ra ularning xatti-harakati  farzandlarga tezroq ta’sir qiladi. Onasining yosh yigitlar bilan telefon orqali “Odnoklassnik”, “Telegramm”da muloqot qilayotganini  ko‘rgan qizaloqqa, 3-4 yil o‘tib, yigitlar bilan telefonda gaplashmaslikni taqiqlamoqchi bo‘lgan  onalar qizlaridan qanday muomala kutsin!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida: «Bola uni emizgan onaning axloqi bilan xulqlanadi», deya marhamat qilganlar. Xalqimiz orasida ham “Onasini ko‘rib, qizini ol!”, deb bejizga aytilmagan.

Tarbiya uchun vaqt hech qachon kech bo‘lmaydi. Tarbiyani  hamma o‘zidan boshlasa, atrofdagilarga odob-axloq borasida gapirish o‘rinli bo‘ladi.  Niyatimiz har bir oilada oqila ayollarga hayoli, iboli qizlarni tarbiyalashda Yaratganning O‘zi madadkor bo‘lsin!

 

Munira ABUBAKIROVA,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Agar Allohning ismini zikr qilganida

11.08.2025   7963   1 min.
Agar Allohning ismini zikr qilganida

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan oltitasi bilan ovqatlanayotgan edilar. Shunda bir a’robiy kelib, o‘sha ovqatdan ikki luqma bilan hammasini yeb qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Agar u Allohning ismini zikr qilganida, sizlar to‘yar edingiz", dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).

Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan