Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyun, 2025   |   13 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
19:58
Xufton
21:36
Bismillah
09 Iyun, 2025, 13 Zulhijja, 1446

Yaxshiliklarga shoshilaylik

09.03.2017   6068   2 min.
Yaxshiliklarga shoshilaylik

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Albatta Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar: “Agar inson vafot etsa, amallari to‘xtaydi. Faqatgina uchta ishdan, sadaqai joriyadan yoki foydali ilmdan yoki uning haqqiga duo qiladigan solih farzanddan unga savob borib turadi”(Imom Muslim rivoyati). Ushbu muborak hadisda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam inson vafot etganidan keyin ham uning ortidan borib turadigan savobli ishlarni sizu-biz ummatlariga bayon qilib bermoqdalar. Bu ezgu amallarning dastlabkisi esa sadaqai joriyadir. Ulamolarimiz sadaqai joriyaga boshqa insonlarga foyda keltiradigan, ularga mafaati tegib turadigan har qanday savobli ish deya ta’rif beradilar. Ya’ni inson hayotlik chog‘ida masjid, madrasa, maktab yoki shifoxonalar bunyod etsa, ko‘prigu-yo‘llar ochib insonlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilsa, u inson dunyodan o‘tganidan so‘ng ham qilgan bu ishlarining savobi unga yetib turadi.
Istiqlol yillarida marhum Birinchi Prezidentimiz tashabbuslari bilan yurtimiz obodligi yo‘lida misli ko‘rinmagan muvafaqqiyatlarga erishildi. Shaharu-qishloqlarimiz chiroy ochib, yangi yo‘llar, ko‘priklar bunyod qilindi. Mustaqilligimizning 25 yillik to‘yi arafasida Farg‘ona vodiysini yurtimizning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan temir yo‘lni qurilishi tarixiy voqea bo‘lgani hech kimga sir emas. Alloh taolo marhum Yurtboshimizni qilgan bu sadaqai joriyalarini ajrini o‘zi ko‘paytirib bersin. Oxiratlarini obod qilsin!

 U kishining vafotlaridan keyin ham shogirdlari muhtaram Prezidentimizning Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida obodonchilik ishlari jadal olib borilmoqda. Ushbu savobli ishlarning davomi sifatida “Novza” jome masjidining yonida, Bunyodkor va Muqimiy shoh ko‘chalari kesishadigan chorrahada ko‘prik qurilish ishlari nihoyasiga yetay deb qoldi. Mazkur ulkan ishga arzimas hissa qo‘shish maqsadida “Novza” masjidi imom xatibi, masjid qavmi, hay’at a’zolari, namozxonlar tashabbuslari bilan  homiylarni jalb qilgan xolda kuni kecha 8-mart kuni xayriya ehsoni tashkillashtirildi. Unda masjid faollari, otaxonlar ishtirok etib, Qur’oni karim tilovat qilinib, Yurtimiz Rahbariyati bu ishga bosh-qosh bo‘lib turgan azizlarimiz va quruvchilarning haqqiga duoyi xayrlar qilindi. Tadbir so‘ngida osh tarqatilib, ularning yurtimiz obodligi yo‘lida qilayotgan ishlariga muvafaqqiyat tilandi.

 A.Sobirov,
Chilonzor tumani “Novza” jome’ masjidi noibi imomi 

Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

06.06.2025   20436   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
 

Yangiliklar