Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447

Fotima (roziyallohu anho) yashagan muborak uy

02.03.2017   13455   1 min.
Fotima (roziyallohu anho) yashagan muborak uy

Fotimai Zahro (roziyallohu anho) Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning jigargo‘shalari, sevikli qizlari, ahli jannatning sayyidalaridir.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Fotima mening bir bo‘lagim, kim uni yomon ko‘rsa, meni yomon ko‘ribdi”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim).

Fotima onamiz (roziyallohu anho) 3 hijriy yili Hazrat Ali ibn Abu Tolibga (roziyallohu anhu) turmushga chiqadi. Payg‘ambarimiz (alayhissalom) vafotlaridan olti oy o‘tgach, 29 yoshlarida bu dunyodan ko‘z yumadi.

Quyidagi suratlar Fotima (roziyallohu anho)ning qanchalar kamtar, zohida, fozila ekanliklarini namoyon etadi.

 

 

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar

Allohim Sendan qo‘rqaman

16.07.2025   8828   1 min.
Allohim Sendan qo‘rqaman

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.

O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).