Fotimai Zahro (roziyallohu anho) Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning jigargo‘shalari, sevikli qizlari, ahli jannatning sayyidalaridir.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Fotima mening bir bo‘lagim, kim uni yomon ko‘rsa, meni yomon ko‘ribdi”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim).
Fotima onamiz (roziyallohu anho) 3 hijriy yili Hazrat Ali ibn Abu Tolibga (roziyallohu anhu) turmushga chiqadi. Payg‘ambarimiz (alayhissalom) vafotlaridan olti oy o‘tgach, 29 yoshlarida bu dunyodan ko‘z yumadi.
Quyidagi suratlar Fotima (roziyallohu anho)ning qanchalar kamtar, zohida, fozila ekanliklarini namoyon etadi.
Davron NURMUHAMMAD
tayyorladi
Cavol: Sajdai sahv qilish uchun salom berishda bir tomonga salom beriladimi yoki ikki tomongami?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Har ikkisi ham to‘g‘ri. Ya’ni namozxon sajdai sahv qilishda bir tomonga salom bersa ham, ikki tomonga salom bersa ham to‘g‘ri ish qilgan bo‘ladi. Chunki fuqaholarimiz har ikki holatni sahih — to‘g‘ri deb fatvo berishgan. Ayrim fuqaholar yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi – ikki tomonga salom berishi, imom esa – bir tomonga salom berishi yaxshidir, deganlar. Chunki imom ikki tomonga salom bersa, ergashuvchilarning ba’zisi namoz tugallandi deb o‘ylab namozga zid hatti-harakat sodir etishi mumkin, deyishgan (“Durarul hukkam” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.