frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ibratli dunyo

10.02.2017   17682   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Boshqa maqolalar

Farg‘onada otinoyilar malakasi oshirilib, tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi

16.04.2026   20429   1 min.
Farg‘onada otinoyilar malakasi oshirilib, tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi

Shu yil 14-15 aprel kunlari Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov va Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘ofurov, Oliy ma’had Qur’on va tajvid ustozlari ishtirokida ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi. 
 

Tashrif doirasida dastlab Farg‘ona shahri va Buvayda tumanidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarini tamomlagan 150 nafar bitiruvchiga sertifikatlar topshirilib, soha rivojiga hissa qo‘shayotgan mas’ullar taqdirlandi.


Shu bilan birga, viloyatdagi 160 nafar otinoyi va xotin-qizlar faollari uchun “Xotin-qizlarni radikal g‘oyalar ta’siridan himoya qilish tizimini mustahkamlash asoslari” mavzusida sayyor malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. 


Uchrashuv va seminarlarda asosiy e’tibor jamiyatda sog‘lom diniy muhitni barqarorlashtirish, yoshlar tarbiyasi, bid’at va xurofotlarga qarshi ilm-ma’rifat bilan kurashish hamda tinchlik ne’matining qadriga yetish kabi dolzarb masalalarga qaratildi. 


Bu singari tadbirlar hududlarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Farg‘onada otinoyilar malakasi oshirilib, tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi Farg‘onada otinoyilar malakasi oshirilib, tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi Farg‘onada otinoyilar malakasi oshirilib, tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi Farg‘onada otinoyilar malakasi oshirilib, tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi Farg‘onada otinoyilar malakasi oshirilib, tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi Farg‘onada otinoyilar malakasi oshirilib, tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi