Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

Azududdin Iyjiy

10.02.2017   4837   2 min.
Azududdin Iyjiy

Azududdin Iyjiy rahmatullohi alayh mashhur qozi, mutakallim, faqih va lug‘atshunos , asha’riyya olimolardandir. Nasablari Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga borib taqaladi. Sherozning Iyj shahrida hijriy 680-yilda (melodiy 1281-yil) tug‘ulgan.

Azududdin Iyjiy rahmatullohi alayhning ustozlari juda ko‘p bo‘lib bizga ma’lum bo‘lganlari:

  • Imom Bayzoviyning shogidi Shayx Zaynuddin Hinkiy rahmatullohi alayh. Ma’lumotlarga qaraganda Azududdin Iyjiy rahmatullohi alayhga bu ustozlarining ta’sirlari ko‘p bo‘lgan.
  • Shayx Imom Faxruddin Abulmakorim Ahmad ibn Hasan Jorburdiy rahmatullohi alayh. Faxruddin Abulmakorim rahmatullohi alayh Imom Bayzoviyning “Usulul fiqh” kitoblariga sharh bitgan. Imom Zamaxshariyning “Kashshof” tafsirlariga bir necha hoshiyalar bitgan va 746-yilda vafot etgan.

Azududdin Iyjiy rahmatullohi alayhdan ilm tahsil olgan shogirdlari ham ko‘p bo‘lgan, ulardan ba’zilari haqida quyda tanishamiz:

  • Imom Shamsuddin Muhammad Kirmoniy rahmatullohi alayh. 717-786-hijriy yilda yashab o‘tgan. O‘n ikki yil Azududdin Iyjiy rahmatullohi alayhga shogird tushgan. Shamsuddin Muhammad Kirmoniy rahmatullohi alayh “Sahih Buxoriy”ga bitgan sharhlari mashhurdir.
  • Imom Ziyouddin Abdulloh ibn Sa’dulloh Qazviniy rahmatullohi alayh.
  • Imom Alloma Sa’duddin Mas’ud ibn Umar Taftazoniy rahmatullohi alayh. 722-792-hijriy yillarda yashab o‘tgan.

Azududdin Iyjiy rahmatullohi alayh ko‘pincha Sultoniyya shahrida istiqomat qilgan edi. Fors davlatida hukmronlik qilgan Ilxoniylar sulosiga mansub podshox Abu Sa’iyd u zotni Sheroz shahriga qozi etib tayinlagan edi va biroz muddatdan so‘ng Qozul quzot darjasiga ko‘tarildi. Fors o‘lkasidagi Kirmonning amiri bilan o‘zaro nizoga kelib qolishdi va mansabidan olib tashlanib hibsda olindi. U kishining mol-davlati ko‘p bo‘lib ko‘p qismini ilm va uning ahli yo‘lida sarf qilar edi. U zot melod hisobda 1355-yili, hijriy hisob bo‘yicha 756-yilda Iyj shahridagi Duraymiyon qalasida vafot etdilar.

Azududdin Iyjiy rahmatullohi alayh bir necha yuksak unvonlar sohibidir. Quyida ulardan bir nechasini keltirib o‘tamiz:

  • Sharqning qozilar qozisi.
  • Shayxul ulamo.
  • Shayxush shofiiyya va boshqalar.

Azududdin Iyjiy rahmatullohi alayhning musannafotlari musulmonlar olamiga yetarlikcha qo‘llanma bo‘ldi ulardan  mashhurlari quydagilardir:

  • Al-Mavaqif fi ilmil kalom.
  • Javohirul kalom.
  • Al-Kavoshif fi sharhil mavoqif.
  • Al-Aqoid al-iddiya.
  • Uyunul javohir.
  • Al-Favoidul g‘iyosiyya fil ma’niy val bayan.
  • Buhjatut tavhid.
  • Ar-Risalatul a’dudiyya va boshqalar.  

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom Instituti

4-kurs talabasi Komilov Ilhomjon Ikromjon o‘g‘li

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi

8.01.2025   7369   1 min.
Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi

Shu yil 3-7 yanvar kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining 237 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.


O‘quv-mashg‘ulotlari maxsus reja va dars jadvali asosida bo‘lib o‘tdi. Darslar zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol uslublar yordamida o‘tildi. Unga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmalari, yurtimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan ma’ruzachilar taklif qilindi. 


Malaka oshirish davomida pedagog-o‘qituvchilarning davlat va din munosabatlari, o‘quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishda bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, talabalar orasida mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 


Mazkur o‘quv-mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi Malakasi oshirilgan pedagog-o‘qituvchilarga sertifikat berildi
O'zbekiston yangiliklari