Sayt test holatida ishlamoqda!
07 May, 2025   |   9 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:13
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:30
Xufton
20:55
Bismillah
07 May, 2025, 9 Zulqa`da, 1446

Buyuk fidoyilik

09.02.2017   7181   4 min.
Buyuk fidoyilik

Yurtimiz o‘zining shonli tarixi, olamga dong‘i ketgan, butun dunyo ilm ahliga ta’lim bergan buyuk farzandlari bilan mashhur. Uning bag‘ridan olimlar, shoirlar, muhaddis-u lug‘at bilimdonlari, iste’dodli amiru, lashkarboshilar yetishib, nufuzini yuqori ko‘tarib kelgan.

Bu xalq vakillari shoirman deb davlat ishlaridan, shohman deb san’at va adabiyotdan chetda bo‘lib qolmay, bil’aks ham, din ham davlat, ham san’at bilan bir vaqtning o‘zida mashg‘ul bo‘lganlar.

Xalqimizning ana shunday  vakillaridan biri o‘zbek xalqining buyuk farzandi, yirik mutafakkir, shoir va olim, davlat arbobi Alisher Navoiy hazratlaridir. U milodiy 1441 yil 9 fevral, hijriy 844  yil o‘n yettinchi ramazonda Xuroson davlatining yirik shahri Hirotning Bog‘i Davlatxona mavzeyida istiqomat qiluvchi ziyoli, xon saroyida xizmatda bo‘lgan G‘iyosiddin Kichkina oilasida dunyoga keladi.

Alisher bolaligidanoq o‘zining o‘tkir zehni, ziyrakligi xushxulqi va xushfahmligi bilan tengdoshlari orasida alohida ajralib turgan. Alisher 3-4 yoshidayoq she’r eshitish she’r o‘qish va yodlashga qiziqadi. Alisher 12 yoshida otasidan yetim qoladi va Xuroson podshohi Abdulqosim Bobur saroyiga xizmatga kiradi. Abulqosim Bobur adabiyot va sanatni juda sevar ijodkorlarni qadrlar o‘zi ham o‘zbek va fors tillarida g‘azallar yozar edi. Ma’rifatparvar hukmdor Alisher o‘z tarbiyasiga oladi. She’riyat ahli unga “zullisonayn – ikki til egasi” laqabini berdilar. Navoiy taxminan 18 – 19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Navoiyning bilim saviyasi, qobilyati va she’riy iqtidoridan xursand bo‘lgan Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi. Keyinchalik bu ikki ulug‘ shoir o‘rtasida shogird va ustozlik munosabatlari yanada mustahkamlanadi.

    Alisher 1466 yilda Samarqandga keladi va u yerda dastlab moddiy qiyinchilikda yashaydi. Shunga qaramay, Samarqand madrasalarida tahsil oladi, ilm fan, adabiyot va san’at ahli bilan tanishadi. O‘zining iqtidori, qobiliyati bilan tez orada obro‘ va  e’tibor qozonadi.

1469 yil Husayn Boyqaro taxtni yegallagach, Alisher Navoiyni Hirotga o‘z yoniga taklif qiladi. Navoiy Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan “Hiloliya” qasidasini bitadi.

   Husayn Boyqaro uni muhrdorlik vazifasiga tayinlaydi. Keyinchalik (1472) bosh vazir lavozimiga ko‘taradi, unga “Amiri kabir” unvonini beradi. Navoiy o‘zining olijanob va eng  yuksak orzulari – xalqqa xizmat qilish, mamlakat osoishtaligini saqlash, hokimiyatni mustahkamlash, fan va adabiyot, obodonchilik madaniyatini  rivojlantirishdek ulkan ishlar qanchalik og‘ir va mas’uliyatli bulmasin ularni katta mehr-muhabbat va ulug‘vorlik bilan amalga oshirdi.

Alisher Navoiy yurt uchun, raiyat manfaatini ko‘zlab o‘z orzulari, shaxsiy manfaatlarining bahridan kechgan. Alloh taologa  muhabbati cheksiz, Uning Ka’basini ko‘rishga orzumand shoir umri armon bilan o‘tadi. U Ka’bani ziyorat qilish, haj amalini bajarib kelish uchun Husayn Boyqarodan uch marta izn so‘raydi. Ammo, toj-u taxt uchun doimiy kurashlar bilan ovora shoh agar Siz bu yurtdan ketsangiz, o‘g‘illarim menga qarshi isyon qiladilar. Siz shu yerda ekansiz, ular bu ishga botinmagay, deb, Navoiyga ruxsat bermaydi. Shoh amrini vojib bilgan, yurti uchun jonini fido aylagan hassos shoir, o‘zining eng katta orzusini xalq uchun, behuda qon to‘kilmsligi yo‘lida qurbon qiladi. U “Ixlosiya” madrasasi “Xulosiya” xonaqohi, “Shifohiya” tabobatxonasi, Jome  masjidi,  “Dorul hoffoz” Qiroatxona va shunga o‘xshash boshqa o‘nlab binolar qurdirdi.

     1476 yili ig‘volardan qattiq charchagan Alisher Navoiy vazirlikdan istefoga chiqib, ijod bilan shug‘ullanish maqsadida podshodan izn so‘raydi. Sulton noiloj uning iltimosini  qondiradi.

  1483-1485 yil davomida “Xamsa” asarini yozib tugatadi. 1491–1492 yillarda u o‘zbek tilida yozgan hamma she’rlaridan yaxlit bir devon tuzishga kirishdi. Alisher Navoiy “Tarixi muluki ajam”, “Tarixi hukamo”, 1491 yilda “Majolis un-nafois” tazkirasini yaratdi.

Alishnr Navoiy 1501 yil 3 yanvarda og‘ir betoblikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi.

          

                 Xayrullo MARDONOV,

 “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus

islom bilim yurti o‘qituvchisi      

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bo‘sh qutining hikmati

06.05.2025   3114   1 min.
Bo‘sh qutining hikmati

Uch yashar qizi uyni betartib qilib tashlagani uchun otasi unga qattiqroq tanbeh berdi. Ertasiga qizi otasiga bir quti hadya qildi. Otasi bo‘sh qutini ko‘rib, qizining bu ishini tushunolmadi va: “Bu nimasi, qizim, meni masxara qilyapsanmi?” dedi. Qizi esa: “Kecha meni urishgan paytingiz sizga aytishdan qo‘rqib shu qutini ochdim va ichiga sizni yaxshi ko‘rishimni aytib, og‘zini berkitib qo‘ydim. Bugun jahlingiz chiqmay turgani uchun olib kelib berdim”, dedi. Shunda ota xato yo‘l tutayotganini anglab yetdi. Qizini opichladi. Uning bundan naqadar xursand bo‘lgani ko‘z oldida qoldi. 
 

Oradan yillar o‘tsa-da, ishi yurishmasa yo kayfiyati bo‘lmasa o‘sha kunni eslab, bo‘sh qutini ochib qararkan, tashvishlarini unutdi.


Darhaqiqat, qiz farzand otasiga o‘g‘il farzanddan ham ko‘proq mehrli bo‘lishar ekan. Hadislarda bir qiz farzandni bo‘lsa-da, tarbiyalab o‘stirgan otaga jannat bashorati berilgani bejizmas ekan.


Alloh bergan bu ne’matlarning qadriga yetaylik. Zero, qancha odamlar, o‘g‘il bo‘lsin, qiz bo‘lsin – ko‘p yillar davomida farzand ne’matiga zor. 

Akbarshoh RASULOV

O'zbekiston yangiliklari