frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Sirot ko‘prigi haqida

08.02.2017   21294   2 min.
Sirot ko‘prigi haqida

Oysha onamiz roziyallohu anho Payg‘ambar alayhissalomdan, “Bu Yer boshqa Yerga va osmonlar (o‘zga osmonlarga) almashtiriladigan hamda (barcha odamlar) yolg‘iz va g‘olib Allohga ro‘baro‘ bo‘ladigan Kunda (qiyomatda intiqom oluvchi)dir” (Ibrohim, 48), oyatining nozil bo‘lishi haqida so‘rab, “O‘shanda biz qayerda bo‘lamiz, ey, Allohning Rasuli?”, dedilar. Shunda Payg‘ambar (s.a.v):“Sirotda bo‘lamiz. Sirotdan o‘tish vaqti uchta joydan boshqa joy bo‘lmaydi. Ular: jahannam, jannat va sirotdir”, dedilar.

Payg‘ambar (s.a.v) bunday marhamat qiladilar:“Sirotdan birinchi bo‘lib o‘tadigan men va mening ummatim bo‘ladi. Sirotdan o‘tadigan birinchi ummat, Muhammadning ummatidir”.

Jahannam ustiga osiladigan ko‘prik nomi “Sirot” deb nomlanadi. Uning kengligi butun jahannam kengligi bilan teng bo‘ladi. Undan o‘tgan va oxiriga yetgan kishi, oldida jannat eshigini va Payg‘ambar alayhissalomni: “Ey, robbim, bu Sening jannating”- deb, jannat ahlini kutib olayotganlarini ko‘radi.

Sirot ko‘prigining sifatlari:

  1. Qildan ham ingichka
  2. Qilichdan ham o‘tkir
  3. Qop-qorong‘i zulmat, tagida esa zulmatdan ham qora jahannam bor.
  4. Kishi Sirot ko‘prigidan barcha gunohlarini yelkasiga ko‘targan holda o‘tadi. Agar gunohlari ko‘p bo‘lsa, juda sekin, gunohlari yengil bo‘lsa, Allohning inoyati bilan chaqmoq kabi juda tez o‘tadi.
  5. Uning ustida qarmoq va ilmoqlar bor. Tagida esa qadamni jarohatlaydigan, yaralaydigan o‘tkir tikonlar bor.
  6. U yerdan o‘tayotganda, Sirot ko‘prigidan toyib, jahannam qa’riga yiqilayotgan bandalarning qattiq baqiriqlari eshitiladi.

Payg‘ambar alayhissalomning ummatlari sirot ko‘prigiga ilk qadamini qo‘yishi bilan Payg‘ambar (s.a.v) sirot ko‘prigining oxirida, jannat eshigi oldida turib, “Yo Rab, O‘zing madad ber”, “Yo Rab, O‘zing madad ber” deb, ummatlari haqiga duo qilib turadilar.

Banda sirot ko‘prigidan yurib borar ekan, o‘z oldidagi odamlardan yiqilib, jahannamga qulayotgan yoki najot topayotganlarini ham ko‘rib turadi. Biroq o‘sha paytda banda shunday bir holatda bo‘ladiki, u hech kimga parvo qilmaydi. Ehtimol, o‘shanda u o‘z ota-onasi va yaqinlarini ham ko‘rar, lekin, ularga ham e’tibor bermaydi. U lahzada hamma faqat o‘zini o‘ylaydi...

Alloh barchamizga Sirot ko‘prigidan eson-omon o‘tib olib, jannatda O‘zini jamolini ko‘rishni, Payg‘ambar alayhissalom bilan uchrashishni nasib etsin.

Muhammad-Akmalxon SHOKIROV,

Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi

14.09.2026   8072   1 min.
Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
 

Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.


Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!


Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari