Sayt test holatida ishlamoqda!
07 May, 2025   |   9 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:13
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:30
Xufton
20:55
Bismillah
07 May, 2025, 9 Zulqa`da, 1446

Quyidagi yetti savolning javobini bilasizmi?

02.02.2017   18641   3 min.
Quyidagi yetti savolning javobini bilasizmi?
  1. Jannat qayerda?
  2. Jahannam qayerda?
  3. Sidratul muntaho nima?
  4. Kim ular Hurun iyn (oppoq yuzli katta va chiroyli ko‘zli hur qizlar)?
  5. Kim ular al-Vildon al-Muxalladun (Mangu yosh bolalar)?
  6. A’rof (A’rof – jannat bilan do‘zaxni ajratib turadigan devor, arasot. Bu joy jannatga ham, do‘zaxga ham kirmagan, ya’ni vaqti-soati kelib, Alloh taolo ularni jannatga kiritgunga qadar ma’lum muddat turadigan kishilarning joyidir.) nima?
  7. Qiyomat kunining muddati qancha? 

Birinchi savol: Jannat qayerda?

Javob: Jannat yetti qavat osmonning yuqorisida bo‘lib, u yetti qavat osmondan alohida ajragandir, chunki qiyomat kuni yetti qavat osmon yo‘q bo‘lib ketadi, ammo, jannat esa yo‘q bo‘lmaydi. Uning shifti arshdir.

Ikkinchi savol: Jahannam qayerda?

Javob: Jahannamning markazi yetti qavat yer ostidadir. Sijjiyn deb nomlanuvchi joyda. U ba’zi birovlar tahmin qilganidek jannatning yonida emas. Biz yashayotgan yer birinchi qavat hisoblansa, undan tashqari olti qavat yer bor. Bu olti qavat yer biz yashayotgan yerning tagida alohida ajratilgan holda mavjuddir.

Uchinchi savol: Sidratul muntaho nimadir?

Javob: Sidratul muntaho azim daraxt, uning ildizlari oltinchi osmonda bo‘lib, bo‘yi yettinchi osmondan yuqorigacha cho‘zilgandir. Barglari filning quloqlaridek, mevasi esa katta xumdek keladi. Unga tillodan bo‘lgan parvona (kapalaklar) keladi va u jannatning tashqarisidadir. Payg‘ambar sallollohu alayhi va sallam u daraxtning yonida hazrati Jabroil alayhissalomni o‘zlarining haqiqiy suratlarida ikkinchi marotaba ko‘rganlar. Undan oldin esa Makkada Ajyod deb nomlanadigan joyda ko‘rgan edilar.

To‘rtinchi savol kim ular Hurun iyn (oppoq yuzli katta va chiroyli ko‘zli hur qizlar)?

Javob: Ular mo‘minlar uchun jannatdagi zavjalardir. Ular inson ham emas, jinlardan ham emas va farishtalardan ham emasdirlar. Agar ulardan biron birlari dunyoga boqsalar mashriq bilan mag‘rib oralig‘i ularning ziyosidan yorishib ketadi. Hurun iynning ma’nosi ko‘zning qorachig‘ining tim qoraligini, oqini esa oppoqligini va ko‘zlarning charosdek kattaligini anglatadi.

Beshinchi savol: Kim ular al-Vildon al-Muxalladun (Mangu yosh bolalar)?

Javob: Ular jannat ahlining xizmatchilaridir. Ular inson ham emas, jinlardan ham emas va farishtalardan ham emasdirlar. Ular jannat ahlining eng quyi darajasidagilarga xizmat qiladi.

Oltinchi savol: A’rof nima?

Javob: A’rof bu jannatning keng devori bo‘lib, unda yaxshi amallari bilan yomon amallari barobar bo‘lgan musulmonlar bir muddat qolishadi, ular u yerda ma’lum muddat turganlaridan keyin jannatga kirishadi.

Yettinchi savol: Qiyomat kunining muddati qancha?

Javob: Qiyomat kunining muddati bir kun, lekin ellik ming yilga teng bo‘ladi. Alloh taolo shunday deydi: “Farishtalar va Ruh (Jabroil) miqdori (muddati) ellik ming yilga teng (bo‘lgan) bir kunda (qiyomat kunida) Uning huzuriga ko‘tarilurlar” (Maorij-4). Ibni Abbos (r.a) dedi:“Qiyomat kunida ellikta turar joy bo‘lib (mavqif), har bir joyning muddati ming yilga tengdir”.

 

Muhammad-Akmalxon Shokirov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

160 nafar ishtirokchi Bolqondagi Xalqaro Qur’on musobaqasi finaliga yo‘llanma oldi

05.05.2025   4376   1 min.
160 nafar ishtirokchi Bolqondagi Xalqaro Qur’on musobaqasi finaliga yo‘llanma oldi

Arab davlatining Bosniya va Gertsegovinadagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan Saudiya Arabistoni Islom ishlari, da’vat va hidoyat vazirligi dastlabki bosqichni o‘tkazdi. Bu Kosovo Respublikasidagi Islom shayxligi va Saudiya Arabistonining Albaniya Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda uchinchi marotaba tashkil etilgan tadbirdir.


Musobaqada Kosovo, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Italiya, Turkiya, Gretsiya, Bolgariya, Chexiya, Kipr, Sloveniya, Xorvatiya, Ruminiya, Serbiya, Estoniya, Belarusiya, Rossiya, Gruziya, San-Mariya va Uzbekiston kabi 22 davlatdan 2350 nafar da’vogarlar ishtirok etdi.


8-11 may kunlari Kosovo poytaxti Prishtina shahrida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga jami 160 nafar ishtirokchi yo‘llanma oldi va ular besh toifa bo‘yicha kurash olib boradi.

quranuz

Dunyo yangiliklari