Sayt test holatida ishlamoqda!
10 May, 2025   |   12 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:37
Quyosh
05:10
Peshin
12:24
Asr
17:22
Shom
19:33
Xufton
21:00
Bismillah
10 May, 2025, 12 Zulqa`da, 1446

Jaloliddin rumiy qarashlarida komil inson tushunchasi

31.01.2017   9794   3 min.
Jaloliddin rumiy qarashlarida  komil inson tushunchasi

“Qadimgi ajdodlarimiz – komil inson haqidagi butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar”.

Islom KARIMOV

O‘zbekiston Respublikasining

Birinchi Prezidenti

 

Mavlono Jaloliddin Ruminiyning “Masnaviyi Ma’naviy” asarida yoritilgan qarashlar, kuzatishlar va hayotiy tajribalar o‘quvchini ruhiy va axloqiy kamol topishiga, jamiyatda esa sog‘lom va pokiza muhitni yuzaga keltirishiga beqiyos hissa qo‘shadi. Rumiy teran nigoh bilan dunyoga nazar tashlaydi. U insonni qanday bo‘lsa shundayligicha o‘rganadi. Kishining qalb qo‘ridagi eng nozik, eng go‘zal yashirin sirlarini oshkor qiladi.

Rumiy insonning nafsi, hirsi sababli kelib chiqadigan yovuzliklarni tahlil qilib, ulardan qutulish, poklanish yo‘llarini bayon etadi. U odamlar bir-biridan boyligi, irqi, dini, nasli-nasabi bilan emas, balki komilikka intilishi bilan farq qiladi, deydi. Uning fikricha, inson komillikka o‘z mehnati, qobiliyatiga yarasha erisha oladi.

Olim qarashlarida sevgi butun borliqni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Kishining o‘z kasbiga, yaqinlariga, ona vataniga muhabbati haqiqiy ishq yo‘lidagi bosqichlardandir.

Jaloliddin Rumiy ishq-muhabbat va sevgini, zarrin nurini taratib turgan quyoshga o‘xshatadi. Lekin o‘z-o‘ziga bino qo‘yishni o‘zini zindonga tashlash, deb biladi. Buyuk olim insonga, ayol zotiga bo‘lgan muhabbatni qadrlaydi. Zero, inson o‘ziga o‘xshagan insonga muhabbat qo‘yishi bilan insoniylik mohiyatini anglab yetadi, deydi.

Ayol – hayot davomchisi bo‘lib, u payg‘ambarlarni, valiylarni, avliyolarni, podshohlarni, komil insonlarni va yer yuzidagi barcha insonlarni dunyoga kelishiga sababchi zot. Bashariyat onaning mehr nuridan kamol topib, komillik sari odimlaydi.

Manbalarda keltirilishicha, Jaloliddin Rumiy to‘ng‘ich va sevimli o‘g‘li Sulton Validni murshidining qizi Fotimabonuga uylantirib qo‘yadi. Fotima bonu shoirga yaqin shogird bo‘lgani uchun, o‘z farzandi kabi qadrli va suyukli edi. Shu sababli, Rumiy to‘ydan so‘ng, o‘g‘liga shunday mazmunda maktub yo‘llaydi: “O‘g‘lim, ko‘zim va ko‘nglimning nuri Fotimabonuni asrab-avayla, uni senga topshirdim, zero bu sen uchun buyuk sinov va omonatdir. Unga adolat bilan muomala qil, himmat-himoyatingni nomu-nomusi yorug‘ va musaffo bo‘lsin desang, ayoling bilan kechgan har kuning to‘y, har tuning nikoh oqshomi bo‘lgay. Uni hamisha qalbing tuzog‘i bilan ovla, endi hech qachon ovlashga hojati yo‘q bir o‘lja, deb qarama. Zero, bunday o‘ylaguvchilar yengil-yelpi nazarli kishilardir”. Otasining ushbu maktubini o‘qib, undagi nasihatga amal qilgan o‘g‘il turmush o‘rtog‘i bilan baxtli hayot kechiradi.

Xulosa qilib aytganda, Jaloliddin Rumiy qarashlaridagi komillikka yetaklovchi fazilatlar har bir yigit va qiz uchun juda muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.

 

Husanboy ShЕRMATOV,

Toshkent shahar “Hazrati Umar”

jome masjidi imom-xatibi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi

08.05.2025   4872   1 min.
Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi

Shu yil 8 may kuni Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida vakillik tasarrufidagi masjid imom-xatiblari o‘rtasida “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” nomli intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi. 


Tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyatidagi vakili, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov kirish so‘zi bilan ochib, bellashuvning ma’naviy, ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari Otabek domla Avezovga esa tanlov tartib-qoidalarini tushuntirdi.


Bellashuv quyidagi to‘rt shart asosida o‘tkazildi: 

1.  Taqdimot sharti
2.  Moturidiy ta’limoti bo‘yicha savol-javob; 
3. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatiga oid savol-javob; 


Tanlov ishtirokchilari moturidiylik ta’limotining asosiy qoidalari, aqidaviy yechimlari va mantiqiy-ilmiy asoslari yuzasidan o‘z bilimlarini namoyon etdi. 


Bellashuv yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
•  1-o‘rin: Moturidiy me’rosxo‘rlari;
•  2-o‘rin: E’tiqod durdonalari;
•  3-o‘rin: Aqida imomlari. 


Mazkur tanlov Imom Abu Mansur Moturidiyning ilmiy merosini chuqur o‘rganish, uni keng targ‘ib qilish va bu orqali sof e’tiqod, ilm va ma’rifat asoslarini jamiyatda mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi – Moturidiy me’rosxo‘rlari jamoasi