Saudiya Arabistoni rasmiylari umra ziyoratchilaridan o'zlari bilan katta miqdordagi naqd pul yoki qimmatbaho buyumlarni olib yurmaslikka chaqirdi. Mazkur xabar “Haj” va “Umra” vazirligi tomonidan e'lon qilindi. Hususan, vakillik ziyoratchilarga Qirollik hududiga tilla quyma, qimmatbaho toshlar va umuman qimmatbaho metallarni hamda 16 ming dollardan (60 ming saudiya reyoli) ko'p bo'lmagan naqd pulni olib kirmaslikni tavsiya qildi.
Rasmiylar, shuningdek, dindorlarni rasmiy veb-saytlardan bank dasturlarini yuklab olish, bank hisobi ma'lumotlarini almashmaslik yoki noma'lum shaxslarga pul o'tkazmaslik, noma'lum manbalardan kelgan SMS xabarlarga e'tibor bermaslikka chaqirdi. Bundan tashqari, “ar-Riyod” rasmiylari ziyoratchilardan biror kishini firibgarlikda gumon qilsa, bu haqda vazirlik yoki tegishli idoralarga xabar berishni tavsiya qildi.
Avvalroq vazirlik olomonni kamaytirish va ziyoratchilarning joylarga bemalol va qulay borishini ta'minlash maqsadida musulmonlarni Ramazon oyida faqat bir marta Umra ziyoratiga borishga chaqirgan edi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta” matbuoti.
O'MI Matbuot xizmati
#Yangiliklar #Haj_2025
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi “Abu Hafs Kabir” jome masjidida Haj va umraga oid darslar o‘tkazildi.
“Mir Arab” o‘rta maxsum islom ta’lim muassasasi mudiri Jaloliddin domla Saburov va Erkin domla Qudratov bu yil haj safariga ketayotgan navbatdagi guruh a’zolari va tayinlangan ellikboshilar ishtirok etdi.
Ma’ruzada haj qoidalari, ularni buzish oqibatlari, safar odoblari, musofir kishining ibodati, safarga tayyorgarlik va unda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, amaliyotga oid maslahatlarni bayon etdi.
Dars mobaynida ishtirokchilarni qiziqtirgan aqidaviy, fiqhiy va diniy-ijtimoiy mavzulardagi savollarga ustozlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Alloh taolo Haj safariga otlanayotgan hamyurtlarimizning safarini xayrli qilsin, ulug‘ ibodatni bekamu-ko‘st ado etish barchamizga nasib etsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati