Sayt test holatida ishlamoqda!
11 May, 2025   |   13 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:09
Peshin
12:24
Asr
17:22
Shom
19:34
Xufton
21:01
Bismillah
11 May, 2025, 13 Zulqa`da, 1446

Saudiya Arabistoni hukumati ziyoratchilarni katta miqdordagi naqd pul olib yurmaslikka chaqirdi

07.04.2023   779   1 min.
Saudiya Arabistoni hukumati ziyoratchilarni katta miqdordagi naqd pul olib yurmaslikka chaqirdi

Saudiya Arabistoni rasmiylari umra ziyoratchilaridan o'zlari bilan katta miqdordagi naqd pul yoki qimmatbaho buyumlarni olib yurmaslikka chaqirdi.     Mazkur xabar “Haj” va “Umra” vazirligi tomonidan e'lon qilindi. Hususan, vakillik ziyoratchilarga Qirollik hududiga tilla quyma, qimmatbaho toshlar va umuman qimmatbaho metallarni hamda 16 ming dollardan (60 ming saudiya reyoli) ko'p bo'lmagan naqd pulni olib kirmaslikni tavsiya qildi.

Rasmiylar, shuningdek, dindorlarni rasmiy veb-saytlardan bank dasturlarini yuklab olish, bank hisobi ma'lumotlarini almashmaslik yoki noma'lum shaxslarga pul o'tkazmaslik, noma'lum manbalardan kelgan SMS xabarlarga e'tibor bermaslikka chaqirdi. Bundan tashqari, “ar-Riyod” rasmiylari ziyoratchilardan biror kishini firibgarlikda gumon qilsa, bu haqda vazirlik yoki tegishli idoralarga xabar berishni tavsiya qildi.  

Avvalroq vazirlik olomonni kamaytirish va ziyoratchilarning joylarga bemalol va qulay borishini ta'minlash maqsadida musulmonlarni Ramazon oyida faqat bir marta Umra ziyoratiga borishga chaqirgan edi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta” matbuoti.

 

O'MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

1446 yil avval aytilgan haqiqat

08.05.2025   6427   1 min.