1. Chaqaloqlar ko‘zlarini ochib uxlay olishadi.
2. Chaqaloqlar bir vaqtning o‘zida ham nafas olib ham yutina oladi.
3. Chaqolaqlar dastlabki to‘rt oy davomida sho‘r ta’mni ajrata olishmaydi.
4. Faqatgina chaqaloqlar yig‘lashi, lekin ko‘zidan yosh chiqmasligi mumkin.
5. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tizza kosasi(tizza ko‘zi) bo‘lmaydi.
6. Yangi tug‘ilgan bolalarda 300 ta suyak bo‘ladi.
7. Chaqaloqlar erkak kishiga qaraganda, ayol kishining ovoziga javob qaytarishga moyil bo‘lishadi.
8. Agar chaqaloqning o‘sish jarayoni bir yoshgacha bo‘lgan davrdagidek, to‘xtovsiz, davom etganda, u 20 yoshga kirganda, bo‘yining uzunligi 30 fut ya’ni 9,14 metrni tashkil etardi.
9. Yosh chaqaloqlar o‘z onalarini faqatgina ularning hidlaridan tanishadi.
10. Bolalarning ta’m bilish qobiliyati kattalarga qaraganda, uch barobar kuchli bo‘ladi.
Ilhom MA’RUPOV
tayyorladi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Hasan Basriy rahimahulloh bir bemorni ko‘rgani kelsalar, u tuzalib ketgan ekan. Shunda o‘sha kishiga: "Alloh seni yod etibdi, sen ham u zotni yod etgin. Alloh seni darddan forig‘ qilibdi, u Zotga shukr qilgin. Bilib qo‘y, dardu balolar Malikul-Karim Allohning savalaydigan qamchisidir. Bemor odam kasaldan keyin yo chopqir otdek, yo ko‘p qoqiladigan asov eshakdek bo‘ladi".