Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Aprel, 2025   |   23 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:10
Shom
19:13
Xufton
20:32
Bismillah
21 Aprel, 2025, 23 Shavvol, 1446

Jonivor fidoiyligi

20.01.2017   7401   1 min.
Jonivor fidoiyligi

Bu voqea London shahrida bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilardan birining katta iti bo‘lib, uni Bob deb chaqirishar edi. Bob yong‘in bo‘layotgan joyga kirib, o‘t ichida qolib ketgan kichkina bolalarni qutqarishga o‘rgatilgan edi.

Bir kuni Bob va o‘t o‘chiruvchilar yonayotgan uy oldiga kelishdi. Uy alanga ichida qolgan, atrofda odamlar to‘plangan edi. Odamlar ichida bir ayol uy ichida ikki yashar qizchasi qolib ketganini aytib qattiq yig‘lardi. O‘t o‘chiruvchilar Bobni uy ichiga yuborishdi. Bob alanga ichiga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Bir ozdan keyin kichkina qizchani ko‘ylagidan tishlab olib chiqdi. Onasi qizini ko‘rib juda sevindi. Bobni bag‘riga bosib, boshini siladi. Lekin Bob yana uy ichiga intilar edi. Yonayotgan uyda yana kimdir bor bo‘lsa kerak, deb o‘ylab Bobni qo‘yib yuborishdi. Bob bir zumda olov ichida yo‘qoldi. Oradan bir oz vaqt o‘tdi. Hamma nafasini yutib Bobni kutar edi. Shu payt olov ichidan Bob otilib chiqdi. Yana bir qizchani ko‘ylagidan tishlab olib kelar edi. Hamma bolani olish uchun unga intildi. Bob yaqinlashganda qarashsa, u bola deb olib chiqqan narsa kattagina qo‘g‘irchoq ekan. Hamma kulib yubordi. Bob esa o‘zining qilgan ishidan mamnun bo‘lib odamlarga qarab turardi.

Ba’zan jonivorlarning fidoiyligi insonlar uchun havas qilarli darajada bo‘ladi.

 

Akbarshoh RASULOV

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi

15.04.2025   4876   1 min.
Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi

 

Shu yil 10 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyat vakili Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida imom-xatib va hojilar Xiva shahridagi mahallalarda bo‘lishdi. Unda kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj 56 ta oila holidan xabar olib, ularga zarur ko‘maklar berildi.


Shu bilan birga, adashib turli yot oqimlar, aqidasi buzuq kimsalar ta’siriga tushib qolgan kishilar, ayniqsa, yoshlarga ham hoji ota va hoji onalar muhim tavsiyalar berdi, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishdi.


Natijada 16 ta oilaviy ajrimning oldini olishga harakat qilindi.  10 ta xonadonda zararli odatlarga ruju qo‘yganlarga nasihatlar qilindi. Umumiy hisobda 114 ta oilaga kirilib, targ‘ibot va amaliy yordam tadbirlari olib borildi.


Tadbir so‘ngida Xiva shahridagi jome masjidlarda Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, mahallalarimiz obodligini so‘rab qilingan xayrli duolar tashriflarga ma’naviy zeb bag‘ishladi.

Darhaqiqat, hoji degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan, Allohning baytini ziyorat qilib, Islomning beshinchi ruknini ado etgan kishi o‘z manfaatlaridan ko‘ra xalqnikini, Vataninikini ustun qo‘yadi. Shu bois u har joyda aziz va mukarramdir. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Xorazm viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi