frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Farg‘onadagi majlis tanqidiy ruhda o‘tdi

18.01.2017   10301   2 min.
Farg‘onadagi majlis tanqidiy ruhda o‘tdi

2016 yilning 18 yanvar kuni Farg‘ona viloyati imom-xatiblari va imom-noiblarining 2016 yil yakuniga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Qamariddin Imomov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov,  ishtirok etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyatidagi vakili Tursunali Erbo‘tayev vakillik xodimlari va imom-xatiblarning 2016 yilgi faoliyati bo‘yicha umumiy hisobot berdi.

Yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.  Jumladan, 2016 yilda ish faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar bo‘yicha kamchilik va sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan birma-bir qattiq tanbeh berilib, kelgusida o‘z vazifasini suiiste’mol qilgan xodimlarga qattiq  intizomiy chora ko‘rish va hatto vazifasidan ozod etilish to‘g‘risida ogohlantirildi.

Imom-xatiblarga OAVlarda  yoshlarning har xil zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan  maqolalarni  gazeta,  jurnal va internet saytlarida muntazam yoritib borish, kitobxonlikni oshirish shu bilan birga vakillik tasarrufidagi barcha masjidlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish, namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Yig‘ilishda kelgusida  bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida 2016 yilda samarali mehnat qilgan, diniy sohada namunali xizmat qilgan, shuningdek, “Hidoyat” jurnali va “Islom nuri” gazetasiga obuna bo‘lishda faollik ko‘rsatgan fidoiy imom-xatiblar “Maqtov yorlig‘i” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Masjidlar bo‘limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

10.08.2026   19038   1 min.
Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 10 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida xayrli va saxovatpesha tadbir tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla va saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.


Tadbir doirasida maktab yoshidagi o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan maktab formasi, sumka va to‘liq o‘quv qurollari to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.


Marosim yakunida yurtimiz tinchligi, xonadonlar fayzu barakasi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga ezgu duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari