Joriy yilning 30 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining majlislar zalida yil yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda 2016 yil – Sog‘lom ona va bola yilida fidokorona mehnat qilgan bir nechta jonkuyar ishchi-xodimlar Diniy idoraning maqtov yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari bilan mukofotlandi.
Quyida mukofotlangan ishchi-xodimlar bilan tanishishingiz mumkin:
Eng fazilatli ulamo
Shayx Abdulaziz Mansur
Abdulhamid Tursunov
Eng fidoiy xodim
Muhammad-Akmalxon Shakirov
Muhammadnazar Qayumov
Eng intizomli xodim
Zarifa Qosimova
Eng jonkuyar ishchi
Miyassar Dadayeva
Eng tartibli haydovchi
Nosir Xalilov
Eng faol ijodiy xodim
Jamshid Shodiyev
Eng tashabbuskor xodim
Bahrom Ikromov
Eng ilg‘or o‘qituvchi
Yahyo Razzoqov (Toshkent islom instituti)
Jaloliddin Ahmedov (Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurti)
Komila Abduvaliyeva (Hadichai Kubro ayol qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti)
Tadbir yakunida kelayotgan yil yurtimiz va yurtdoshlarimiz uchun yanada samarali va sermazmun bo‘lishini so‘rab ezgu duo qilindi.









O‘zbekiston musulmonlar idorasi
axborot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.
Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati