Og'ir iqtisodiy sharoitga qaramay pokistonliklar ham boshqa ko'plab davlatlar qatori Ramazon oyini munosib o'tkazishga, barcha urf odatlarini saqlab qolishga harakat qilmoqda.
Mashhur Ravalpindi bozorida o'nlab ko'ngillilar ro'zadorlar, ayniqsa, kambag'allar va kam ta'minlangan kishilar uchun xayriya iftorlik dasturxonlari tayyorlab berishadi, deb yozadi IQNA sayti “al-Alam” nashriga tayanib.
Iqtisodiy inqiroz kishilarning xarid qilish qobiliyatini pasaytirdi, Pokiston hukumati bu muborak oyda kam ta'minlangan oilalarga yordam paketlari taqdim etish va narxlarni pasaytirish orqali kishilarning muammolari va og'irini engillashtirishga harakat qildi.
170 milliondan ziyod Pokiston musulmonlari qiyin sharoitlarga qaramay, Ramazon oyini o'zgacha tarzda o'tkazish, oddiy mahalliy mahsulotlar va iftorlik dasturxonida bo'lishi kerak bo'lgan shirinliklarni tayyorlashni istaydi.
Pokistonda Ramazon oyining oxirgi juma kuni “Alvido Juma” deb nomlanadi, pokistonliklar Muborak Ramazon oyining oxirgi juma kunida eng katta masjidlarda namoz o'qiydilar va tong otguncha ibodat bilan mashg'ul bo'ladilar.
O'MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim juma kuni Kahf surasini o‘qisa, qiyomat kuni uning qadami ostidan nur chiqib, osmonu falakni yoritadi va uning ikki juma orasidagi gunohlari kechiriladi", dedilar» (Abu Bakr ibn Marduyah rivoyat qilgan).