frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Imom A’zam jome masjidi qaytadan qad rostladi

24.12.2016   7929   1 min.
Imom A’zam jome masjidi qaytadan qad rostladi

Joriy yilning 24 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyati,  Samarqand tumanida joylashgan Imom A’zam jome masjidiga tashrif buyurishdi. Ushbu masjid 1880-1890 yillarda qurilgan bo‘lib, sobiq sho‘rolar davrida turli maqsadlarda foydalangan.

Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng turli sohalar qatori mo‘min-musulmonlaga ham erkinliklar berildi. Yurtimizda ko‘plab masjidu-madrasalar qaytadan qad rosladi, ibodat qilish uchun qulay sharoitlar hozirlandi. Diyorimiz o‘zra olib borilgan ko‘plab bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari qatorida eskirib, anchayinki yaroqsiz holatga kelib qolgan Imomi A’zam jome masjidi binosi ham 1990-1991 yillar davomida qaytadan bunyod etildi.

Bugungi kunga kelib esa Imomi A’zam jome masjidi to‘liq ta’mirdan chiqarilgan va namozxonlar ixtiyoriga topshirilgan. Qulay sharoitlarda ibodat qilayotgan yurtdoshlarimiz davlatimiz haqqiga, uning tinchliki bardavom, kelajagi porloq bo‘lishini so‘rab duoi xaylar qilmoqdalar.

O‘MI Masjidlar bo‘limi

Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

22.08.2026   51452   1 min.
Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, ordenlar va medallar bilan mukofotlandilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Kamilov Muzaffar Muratovich "Do‘stlik" ordeni bilan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Abduxalikov Firdavs Fridunovich «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, mazkur akademiyaning "Arab tili va adabiyoti al-Azhar" kafedrasi professori Islomov Zohidjon Mahmudovich «Imom Buxoriy» ordeni bilan va akademiya huzuridagi "Ziyo" media markazi direktori Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi doimiy hamkor tashkilotlarimiz rahbarlari va ustozlarni mazkur yuksak mukofotlar bilan muborakbod etib, Alloh taolodan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va muborak dinimiz rivoji yo‘lidagi faoliyatlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari