Misrning «Al-Muvatin» axborot agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida O'zbekistonda Ramazon oyining nishonlanishiga oid ko'rsatuv efirga uzatildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Unda boshlovchi, misrlik taniqli jurnalist Fotima Badaviy o'zbek xalqining milliy urf odatlari, muqaddas Ramazon oyini qanday o'tkazishi haqida tomoshabinlarga batafsil ma'lumot berdi.
«O'zbekistonda Ramazon oyida iftorlik uchun keng dasturxon yozilib turli mevalar va taomlar tortilishi odat tusiga kirgan, – deydi boshlovchi. – Somsa, sho'rva, mastava, manti va albatta, palov o'zbeklar dasturxonining shoh taomlaridir».
Dastur davomida milliy urf-odatlarimiz, Ramazon hayitini nishonlash bo'yicha an'analar va mamlakatimizning sayyohlar o'rtasida mashhur shaharlari haqidagi ma'lumotlar taqdim etilgan.
Ma'lumot uchun, «Al-Muvatin» AAning «Facebook»da ijtimoiy tarmog'idagi sahifasini kuniga 1 million 200 mingdan ortiq kishi kuzatib boradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Jannatga kirdim va uning eshigida sadaqa o‘n (barobar savob), qarz esa o‘n sakkiz (barobar savob) bilan (mukofotlanadi) degan yozuvni ko‘rdim. Shunda "Ey Jabroil, qanday qilib sadaqa o‘n, qarz o‘n sakkiz barobar bo‘ladi?" dedim. Jabroil alayhissalom: "Chunki sadaqa boyning ham, faqirning ham qo‘liga tushaveradi. Qarz esa, faqat muhtojning qo‘liga tushadi", dedi.