“3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan 2016 yil 30 noyabr kuni Qarshi shahridagi “Ayollar maslahat markazi”da markaz rahbari O. Anorova, viloyat Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari L. Saodatova, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qarshi shahar bo‘limi xodimasi Yu. Allayeva, viloyat Tadbirkor ayollar uyushmasi rahbari O. Ochilova, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyati vakilining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Sh. Karomova va madaniyat xodimlari hamda mahallalardagi kam ta’minlangan oilalar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Qashqadaryo viloyati vakilining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Sh. Karomova so‘zga chiqib, “Tinchlik – oliy ne’mat” mavzuida ma’ruza qilib, mahallalardagi kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, nogiron, boquvchisini yo‘qotganlar holidan xabar olish ulkan savob ekanini oyat, hadis va hayotiy misollar bilan yoritib berdi.
Tadbir so‘ngida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakilligi tomonidan 12 nafar imkoniyati cheklangan, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarga moddiy-xayriya yordamlari ko‘rsatildi.
Bekmurod SAHRIYEV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasining
Qashqadaryo viloyati vakilligi mas’ul xodimi
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Dunyoga muhabbatni ketkazish va oxirat g‘amini qalbda paydo qilishning yo‘li bor. Yigirma to‘rt soat ichidan ozgina vaqt ajrating, kechayu kunduzlarimiz g‘aflatda o‘tayotganini o‘ylang, o‘limni unutganimizni o‘ylang, hali Alloh taoloning huzurida hozir bo‘lishdan, buyuk hisob-kitobdan, jazo va mukofotdan g‘aflatda qolganimizni o‘ylang.
Shu narsalar haqida o‘ylashga vaqt ajrating, bir kunmas bir kun o‘laman, keyin Alloh taoloning huzurida qanday qilib hisob beraman? So‘rovlariga nima deb javob qilaman? deb o‘ylang. Shu o‘ylar har doim qalbda tirik tursin.
Agar kishi har kuni shu narsalarni fikrlab tursa, bor-yo‘g‘i bir necha haftada, inshaAlloh, dunyoga muhabbat qalbidan chiqib ketadi. Alloh taolo O‘zining rahmatidan barchamizga bu aytilganlarga amal qilish tavfiqini ato etsin, omin.
«Nasihatlar guldastasi» kitobidan