2016 yil 29 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi futbol jamoalari o‘rtasida “8 dekabr – Konstitutsiya kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan futbol turniri o‘z yakuniga yetdi.
Natija quyidagicha:
“Hazrati Imom” (O‘MI) 7 – 5 “Minor” (TSHI)
1-o‘rin “Hazrati Imom” jamoasi qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin “Minor” jamoasi;
3-o‘rin “Ko‘kaldosh” jamoasi;
Futbol turnirida taqdirlangan nomzodlar:
Eng yaxshi darvozabon – Qayumov Muhammadnazar (O‘MI)
Eng yaxshi himoyachi – G‘aniyev Abduvose (“Ko‘kaldosh”)
Eng yaxshi yarim himoyachi – Abdurasulov Shukrullo (TSHI)
Eng yaxshi murabbiy – Tulepov Aydarbek (O‘MI)
Eng yaxshi hujumchi – Arziqulov Sobir (O‘MI)
Eng ko‘p to‘purar – Parpiyev Bahriddin (“Nashriyot”)
Eng chiroyli gol sohibi – Mubashirov Muhammadzohid (“Ko‘kaldosh”)
Eng jonkuyar muxlis – Raxmatov Azamat
Final yakunida turnirga mezbonlik qilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan barcha o‘rin egallagan jamoalar esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.



















O‘MI axborot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.
Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati