frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ikki yuzlamachilik...

29.11.2016   8301   1 min.
Ikki yuzlamachilik...

Odamlarning eng yaxshisi bor holicha ko‘rinadi va ko‘ringaniday bo‘ladi. Samimiyat, odamlarga mehr-oqibatli bo‘lish ham asli shudir. Yomon odam ikki yuzli, ikki tilli bo‘ladi. Bir tili shirin gapiradi, bir yuzi bilan go‘yo do‘st bo‘lib ko‘rinadi. Uzoqlashsa, ikkinchi yuzidan zahar tomadi va tilidan g‘iybat yog‘iladi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)  bundaylarni: “Odamlarning eng yomoni” deganlar. Bunday kimsalar odamlar orasini buzadi. Ig‘vo, g‘iybat tarqatadilar. Bir kun do‘st bo‘lib ko‘rinadi. Ikkinchi kun dushmanlik qiladi. Alloh taolo bunday ogohlantiradi: “Ey, mo‘minlar! Ko‘p gumon(lar)dan chetlaningiz! Chunki ba’zi gumon(lar) gunohdir. (O‘zgalar aybini qidirib) josuslik qilmangiz va biringiz biringizni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni hohlaydimi?! Uni yomon ko‘rasizku, axir! Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmli zotdir” (Hujurot, 12).

Demak, ularning og‘ir azobga duchor etilishi, qiyomatda ham olovdan ikki tili, olovdan ikki yuzi bo‘lishini aytilgan ekan, unday kimsalardan uzoq yurgan odam tinch, salomat va xotirjam bo‘ladi.

 

H. XOLBOYEV,

Bekobod tumani

“Ulug‘bek”jome masjidi imom-xatibi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Jurnalistlar kubogi – 2026" turniri bo‘lib o‘tdi

20.06.2026   2027   1 min.

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha an’anaviy «Jurnalistlar kubogi – 2026» sport musobaqasi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, ijodkorlar va jurnalistlarni kasb bayrami bilan qutlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ushbu turnirda ko‘plab soha vakillari ishtirok etdi.

Turnirning ochilish marosimida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbarining o‘rinbosari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Farrux Omonov hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Qutbiyev va federatsiya kotibi Gavharxon Muqaddasovalar so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qutladilar va bu kabi an’anaviy musobaqalar ijodkorlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Qizg‘in va do‘stona raqobat ruhida kechgan bahslarda ishtirokchilar yashil stol atrofida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Musobaqa ijodkorlarga yuqori kayfiyat bag‘ishlab, soha xodimlari uchun chinakam bayram tuhfasiga aylandi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari