O'zbekistonning turizm salohiyatini taqdim etish maqsadida Yekaterinburgda Bosh konsulxona tomonidan tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Unda Sverdlovsk viloyati hokimiyati mutasaddilari, Rossiya TIVning Uraldagi vakilining o'rinbosari, Ozarbayjon, Frantsiya, Qirg'iziston va Tojikistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsullari va diplomatlari, shuningdek, Dog'iston, Ingushetiya, Checheniston hukumatlarining Uraldagi doimiy vakillari, o'zbek diaspora faollari hamda vatandosh talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilarga O'zbekistonning ziyorat turizmi sohasidagi sayyohlik salohiyatini ochib beruvchi videofil'm va taqdimot namoyish etildi. Shuningdek, taqdimot davomida ishtirokchilar islom tsivilizatsiya rivojiga ulkan hissa qo'shgan buyuk allomalarimiz haqida ma'lumot oldilar.
Shu bilan birga, mehmonlarga o'zbekistonlik hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan dekorativ-amaliy san'at mahsulotlari, mamlakatimizdagi gastronomik turizmning o'ziga xos xususiyatlari haqida so'zlab berildi.
Ishtirokchilarda respublikamizning ziyorat turizmi salohiyati taqdimoti katta taassurot uyg'otdi. Jumladan, Boshqirdistonning Chelyabinsk viloyatidagi sobiq doimiy vakili, Chelyabinsk viloyat televideniyasi «OTV» rahbarining o'rinbosari A.Habibullin O'zbekiston zaminida tug'ilib o'sgan ulamolar islom tsivilizatsiyaciga o'zlarining munosib hissalarini qo'shganliklarini alohida ta'kidlab, ishtirokchilarni Imom Buxoriy yurtini ziyorat qilishga chaqirdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Tong otganida:
اللهُمَّ إِنِّي أَصْبَحْتُ مِنْكَ فِي نِعْمَةٍ وَعَافِيَةٍ وَسِتْرٍ فَأتِمَّ نِعْمَتَكَ عَلَيَّ وَعَافِيَتَكَ وَسَتْرَكَ فِي الدُّنْيَا وَالآخِرَةِ
"Allohumma inniy asbahtu minka fiy ni’matin va ’afiyatin va sitrin faatimma ni’mataka ’alayya va ’afiyataka va satroka fiddunya val axiroh", deb uch marta va kechqurun uch marta aytgan kishiga Alloh shu duoda kelganidek, hammasini mukammal qilib beradi", dedilar (Ibn Sunniy rivoyati).
Ma’nosi: Allohim, Sening ne’matingda, ofiyatingda, ayblar yopilgan holda tong ottirdim. Meni dunyoyu oxiratda ne’matda, ofiyatda, ayblar yopilgan holatda bo‘lishimni mukammal qil.