Saudiya Arabistoni rasmiylari tomonidan noodatiy shaharsozlik loyihasi amalga oshirishni rejalashtirgan. Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalari xabariga ko'ra, tez orada Qirollik hududida dunyoning eng katta suzib yuruvchi toshbaqa shaklidagi shahar paydo bo'ladi. Ushbu Pangeos loyihasi 60 000 kishilik mehmonga mo'ljallangan. Binoning uzunligi deyarli 550 metr, kengligi esa 610 metrni tashkil qiladi. Teryaxtada savdo markazlari, bog'lar, mehmonxonalar, kvartiralar va boshqa ob'ektlarlar joylashadi.
Loyihaning sakkiz yil ichida amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning uchun taxminan 5 milliard AQSh dollari sarflanishi ko'zda tutilgan. Suzuvchi toshbaqa shahri ilg'or texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo'lib, to'qqizta to'liq elektr motor bilan quvvatlanadi, bu esa kemaning doimiy tezligida 5 tugunni ushlab turish imkonini beradi. Bundan tashqari, kema qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish uchun duch kelgan to'lqinlar kuchidan foydalanadi, bu ham strukturaning tomlaridagi quyosh panellaridan olinadi.
Internet materiallari asosida O'MI xodimi
I.Ahmedov tayyorladi.
O‘zbekistondagi 2025 yilgi Haj mavsumi shu yil 13 maydan boshlanadi. 28 mayga qadar har kuni yurtimizdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Ziyoratchilar yurtimizning 9 ta hududidagi Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchadi.
Aviaparvozlar Uzbekistan Airways bilan birga FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda:
– Ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;
– Emlash ishlari olib borildi;
– Guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirildi;
– Safar oldidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi;
– Hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, har bir ziyoratchiga quyidagilar taqdim etilmoqda:
– "Haj – buyuk ibodatdir" qo‘llanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, sim-karta va quvvatlagich.
Ayni paytda guruh rahbarlari ziyoratchilar bilan Haj amallari bo‘yicha suhbatlar olib bormoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida Haj amallari haqidagi suhbatlar, tavsiyalar va maqolalar taqdim etilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati