frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ipak matosidan tayyorlangan Qur’oni karim

23.11.2016   5368   1 min.
Ipak matosidan tayyorlangan Qur’oni karim

Yaqinda Ozarbayjonda ajabtovur Qur’oni karim nusxasi namoyish etili.
Ajablanarlisi, uni tayyorlash  uchun 50 metr tabiiy ipak sarflandi. Loyiha asoschisi rassom va naqqosh Tunzale Memmedzade bo‘lib, u bu jarayonda qora shaffof ipakdan foydalandi. Qur’oni karimning ipak matoli nusxasi tayyor bo‘lguncha roppa-rosa 3 yil mehnat qildi.

Tunzale Memmedzade Istanbuldagi Marmarin universiteti doktori bo‘lib, Ozarbayjon xalqi amaliy – dekorativ san’ati durdonasi bo‘lgan tambur (zanjir kashta) naqshlari ustida ilmiy izlanish ham olib bormoqda.

 

Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi, 

 Mohira ZUFAROVA tayyorladi.

Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

24.08.2026   17305   1 min.
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning turli hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Mazkur bosh g‘oya asosida masjidlar va qabristonlarda ham hasharlar tashkil etilib, hududlar tartibga keltirilmoqda.

Xususan, masjidlar atrofi, qabristonlar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish, daraxtlarni parvarishlash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunday xayrli ishlar yurtimiz obodligiga hissa qo‘shish, muqaddas maskanlar va ajdodlar xotirasini e’zozlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yagona Vatan — yagona xalq!

Yangi hayot va yangi kelajak sari birgalikda!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari