Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446

“Xadichai Kubro” madrasasida mustaqillik darsi

22.11.2016   6338   1 min.
“Xadichai Kubro” madrasasida mustaqillik darsi

18 noyabr sanasida “Xadichai Kubro” ayol-qizlar bilim yurtida “Buyuk va muqaddassan, Vatan!” mavzuida o‘qituvchi Xurshida Usmonova 1-kurs talabalariga mustaqillik darsi o‘tdi. Unda barcha o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Talabalar “Tinchlik” va “Taraqqiyot” guruhiga bo‘linishdi. Dars mustaqillik ne’matini qadrlash uchun, avvalo, moziyga nazar tashlash, bu yo‘ldagi qiyinchiliklar batafsil bayon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning vatan erki, xalq farovonligi uchun ko‘rsatgan jonbozliklari jonli misollar ila izohlandi.

So‘ng mustaqillik yillarida erishgan va erishib kelayotgan yutuqlarimiz, xususan, sport, fan, madaniyat, ta’lim, iqtisod, ishlab chiqarish va boshqa ko‘plab sohalardagi marralarimiz slaydlar orqali namoyish qilindi. “Bilar edim. Bilmoqchiman. Bilib oldim” texnologiyasi asosida talabalarning fikrlari, mustaqillik sharofati tufayli erishgan yutuqlarimiz, darsdan olingan foydalar so‘raldi. So‘ng ikki jamoa guruh bo‘lib, mavzu yuzasidan test, muammoli vaziyat topshirig‘ini bajardilar. Taraqqiyotning o‘zbek modeli va uning ahamiyati sanab o‘tildi. Mustaqillik haqida videofilm namoyish etildi.

Bundan tashqari, Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti talaba qizlar amaliyot o‘tash uchun bilim yurtiga tashrif buyurishdi. Amaliyotchilar Qur’on, hadis, aqoid, fiqh, arab tili, siyrat, ma’naviyat kabi fanlardan bilim yurti o‘qituvchilariga biriktirildi. Qizlar ma’hadda olgan bilimlarini yanada mustahkamlash uchun o‘qituvchilardan kerakli tavsiya, maslahatlar olmoqdalar. Amaliyotchilar ma’rifiy tadbirlarda ham faol ishtirok etib, ma’naviyat fan oyligi uchun “Ma’naviyat yulduzi”,  bayrog‘imiz qabul qilinganligiga 25 yil to‘lgani munosabati ila “Davlatmiz ramzlari” shiori ostida tadbir o‘tkazishdi.

Ziyoda ALMЕDOVA,

bilim yurti o‘qituvchisi

 

Yangiliklar
Boshqa maqolalar

Huquqiy savodxonlik soati

07.05.2025   7946   1 min.
Huquqiy savodxonlik soati

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov rahbarliklarida viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar mutavallilari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.


Yig‘ilishda viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassisi Z.Axmedxodjayeva, Yangi Namangan tumani kadastr bo‘limi boshlig‘i O.Usmanov, notarius A.Artiqovlar ishtirok etdilar. 


Unda notiqlar tomonidan mutavalli masjid imom-xatibining xo‘jalik ishlari bo‘yicha yordamchisi, masjidlarning iqtisodiy faoliyatini yaxshilash, xodimlarning oylik ish xaqi bilan ta’minlash,  qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan tartib va me’yorlarga rioya qilgan holda amalga oshirish, masjid mulkini iqtisod qilish maqsadida geleokollektorlar o‘rnatish, mavjud qozonxonalarni xavfsiz hududlarga olib chiqish, ish yuritish nomenklaturasiga, ichki mehnat tartib qoidalariga va muomala madaniyatiga rioya qilish, masjidlarning tozalik va obodonlashtirish ishlariga mas’ul ekanini aytib o‘tildi.


Masjidlarning ta’sis xujjatlari, ish haqlarini me’yorlashtirish, yangi xodim ishga qabul qilinganda Adliya boshqarmasini onlayn xabardor qilish, masjidlardagi mavjud “tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni yuritish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.


Yig‘ilish davomida masjidlarning qo‘shimcha yer maydonlarini qonuniylashtirish, kadastr hujjatini rasmiylashtirish tartib-qoidalari va huquqiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 


Yig‘ilish davomida  qatnashchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga  mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati