2016 yil 3 noyabr kuni “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida “FIQH – mashaqqatu qiyinliklardan najot beruvchi qo‘rg‘ondir” mavzusida intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi. Bellashuvni 2016 yilning “Eng yaxshi uslubchisi” bo‘lgan bilim yurti fiqh fani mudarrisasi Husnugul Halimova tashkillashtirdi.
Bellashuvda bilim yurti 3-kurs, 2-a va 2-b guruh talabalari o‘zaro bellashishdi. Ushbu tadbirga Buxoro Davlat Universiteti tarix fani kafedrasi katta o‘qituvchisi Mavjuda Oripova tashrif buyurib, bilim yurti faxriy ustozlari Aziza Xalilova va Oliya Mahmudova bilan bellashuvga hakamlik qilishdi.
Har bir shart juda qizg‘in fiqhiy masalalar, hayotiy muammolarni yechimini topish va ba’zi ixtilofiy masalalarni o‘rganish va ularga raddiyalar orqali guruh a’zolarining javob berishlari kuzatildi. Tajribali ustoz izlanishlari samarasi o‘laroq bellashuv juda fayzli o‘tdi.
Bellashuv natijalariga ko‘ra
Bellashuvda faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Maxfuza BOZOROVA,
“Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom
bilim yurti Hadis fani o‘qituvchisi
Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.