Tasbeh lug‘atda “ulug‘lash” ma’nosini anglatadi. Istilohda esa “Alloh taoloni barcha nuqsonlardan xoli deb e’tirof etish” ma’nosiga to‘g‘ri keladi.
Tasbeh aytish faqatgina insonlarga xos emasligi, balki insonlar yaratilmagan vaqtda ham atrof olamdagi barcha narsalar Allohga tasbeh aytib turganlari Qur’oni karimda shunday bayon qilingan:
سَبَّحَ للَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ
“Osmonlardagi va yerdagi narsalar Allohga tasbeh aytdi”[1].
Ulamolar: “Ushbu oyatda “Allohga tasbeh aytdi”, deya o‘tgan zamon shaklida xabar berilishi insonlardan oldin yaratilgan osmonlar yerlar va ulardagi barcha narsalar tasbeh aytib turishganiga dalolat qiladi”, – deganlar.
Boshqa bir oyatda esa osmonlardagi va yerdagi narsalarning Allohga tasbeh aytishlari o‘tgan zamonga xos emasligi, balki doimo to‘xtovsiz bardavom bo‘lib turishi shunday bayon qilingan:
تُسَبِّحُ لَهُ السَّمَاوَاتُ السَّبْعُ وَالْأَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ وَإِنْ مِنْ شَيْءٍ إِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ وَلَكِنْ لَا تَفْقَهُونَ تَسْبِيحَهُمْ
“Unga yetti osmonu yer va undagi kimsalar tasbeh aytadilar. Uning hamdi bilan tasbeh aytmagan biror narsa yo‘q. Lekin ularning tasbehlarini anglamaysizlar”[2].
Ushbu oyatda “tasbeh aytadilar”, – deya hozirgi va kelasi zamon shaklida xabar berilishi osmonlaru yerdagi farishtalar, insonlar, hayvonlar, nabototlar barcha-barchasi Alloh taologa doimo to‘xtovsiz tasbeh aytib turishlariga dalolat qiladi.
Mazkur narsalar ichidan nabotot va hayvonot kabi aqlsiz mavjudotlarning tasbeh aytishlari qanday bo‘lishini ulamolar ikki xil tafsir qilganlar:
Aqlsiz mavjudotlar ham so‘z bilan tasbeh aytadilar degan ulamolar ularning tasbeh aytishlarini ikki xil ma’noda tushuntirganlar:
Qatoda rahmatullohi alayh: “Daraxtmi yoki undan boshqasimi barcha ruhi bor narsalar tasbeh aytib turadi”, – degan.
Kalbiy rahmatullohi alayh: “Daraxtlar va unib chiqqan barcha narsalar tasbeh aytadilar. Ulardan kesib tashlangani esa tasbeh aytmaydigan o‘likka aylanadi”, – degan.
Imom Hasan rahmatullohi alayhdan: “Mana bu xontaxta ham tasbeh aytadimi?”, – deb so‘rashganida: “Daraxtida turgan paytida tasbeh aytgan, hozir esa aytmaydi”, – deb javob bergan.
Ba’zi ulamolar: “Har bir narsa asl holida turganda tasbeh aytadi, asl holatidan o‘zgartirilsa tasbeh aytishdan to‘xtaydi. Masalan, daraxt shoxlari daraxtda o‘sib turganda tasbeh aytadi, kesib olinib biror buyum yasalgach tasbeh aytishdan to‘xtaydi”, – deyishgan”.
Ba’zi ulamolar: “Daraxt novdasi sindirib olinganda ham to qurib qolgunicha tasbeh aytib turadi”, – deyishgan. Bu so‘zlariga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning daraxt novdasini bo‘lib ikki qabrga qadab qo‘yganlarini dalil qilishgan.
Demak ushbu qarashlarni aytgan ulamolarning nazdlarida barcha narsalar o‘zlarining tillarida so‘z bilan tasbeh aytib turadilar.
Aqlsiz mavjudotlarning holatlari tasbeh hisoblanadi degan ulamolar o‘zlarining qarashlarini quyidagicha tushuntirganlar:
“Osmonlaru yerdagi jonli-jonsiz barcha narsalar Alloh taologa tasbeh aytadilar. Ya’ni mo‘min insonlar “subhanallohi va bihmdihi” deydilar. Ammo aqlsiz hayvonlar va jonsiz narsalar so‘z bilan tasbeh aytmaydilar. Balki ularning borliklari va aqllar hayratda qoladigan darajadagi xususiyatlari Buyuk Yaratuvchining yagonaligiga va mislsiz ulug‘ligiga guvohlik beradi. Ana shu dalolat ularning tasbehlari hisoblandi. Zero hikmatli so‘zda: لِسَانُ الْحَال أَفْسَحُ مِنْ لِسَانِ الْقَال “Hol tili (holat dalolati) qol tilidan (til bilan aytishdan) ko‘proq ma’no anglatadi”, – deyilgan.
Mazkur mavjudotlarning tasbeh aytishlari ikki xil tafsir qilingani sababli oyat davomida kelgan “Lekin ularning tasbehlarini anglamaysizlar” degan so‘zning ma’nosi ham tabiy ravishda ikki xil tafsir qilingan:
Barcha maxluqotlarni O‘ziga tasbeh ayttirib qo‘ygan Zotga hamdu sanolar, U zotning elchisi bo‘lgan sayyidul basharga salavot va salomlar bo‘lsin.
Abdulqodir Abdur Rahim
[1] Hadid surasi, 1-oyat.
[2] Isro surasi, 44-oyat.
#Sayyor_yig‘ilish
Xabaringiz bor, shu yil haj mavsumida xurmatli Prezidentimiz O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bilan telefon orqali muloqot qilib, hojilarning hol-ahvollarini so‘radilar.
Bu yil yurtimizdan hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklarida yurtga qaytgach, «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» degan ezgu tashabbusni ilgari surgan edilar.
Shu tashabbus ayni kunlarda amalga ko‘chib, hojilarimiz mahallalarga kirib, tinchlik va ma’naviyatni targ‘ib etmoqdalar.
Bugun, 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov olib borgan yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi mas’ul xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari, ulamolar, otinoyilar hamda «Haj 2025»da hajga borgan hoji otalar va hoji onalar ishtirok etishdi.
Dastlab Toshkent shahar bosh imom-xatibi raisliklarida tumanlar bosh imom-xatiblari, shuningdek, tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh shakllantirildi.
Abduqahhor domla amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami, Ishchi guruh a’zolari hamda imom-xatiblar hamkorligining muhim jihatlari xususida yig‘ilganlarga tushunchalar berdilar.
Shundan so‘ng tumandagi barcha imom-xatiblar hojilar bilan birgalikda hududdagi 20 ta mahallaga chiqib, yuzga yaqin xonadonga kirishdi.
Ajrim yoqasiga kelib qolgan bir oilaga kirilib, ularga hojilar zarur tavsiyalarni berishdi. Oila boshliqlari xato qilganlarini anglab yetdilar.
Tadbir doirasida jismoniy imkoniyati cheklangan onaxonga maxsus aravacha hadya qilindi. Onaxon ko‘zidagi quvonch yoshlari bilan shu xayrli ishlarning boshida turgan aziz insonlarni alqab, ularga minnatdorligini izhor qildi.
Ehtiyojmand bir oilaga zamonaviy televizor hamda ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Yosh oilaga adabiy-badiiy kitoblar ulashildi.
Ko‘ngli o‘ksik insonlar holidan xabar olingani tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Bugungi tadbirni o‘tkazishdan maqsad yurtimizda inson qadri, sha’ni ulug‘ ekanini, odamlarga yaxshilik ulashib yashash, yurtimizda hukm surayotgan tinchlikning qadriga yetish, o‘zaro hamjihatlikni ta’minlash, yoshlarimizni turli yot g‘oyalardan asrashda hojilarimizning xizmati beqiyos ekanini ko‘rsatmoqda.
Aslida imom-xatiblarimiz har kuni shunday xayrli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Bugunga kelib bu ish tizimli va keng ko‘lam kasb etib, takomillashib bormoqda.
Tadbir ishtirokchilari yana «Mulla Qosim» jome masjidiga qaytib, amalga oshirilgan ishlarni o‘rtaga tashlab, kelgusidaig rejalarni belgilab olishdi.
* * *
Peshin namozidan so‘ng Abduqahhor domla «Mulla Qosim» jome masjidida jamoatga «Shukronalik va tinchlikning qadri» mavzusida mav’iza qilib berdilar.
Xayrli duolar bilan sayyor yig‘ilish o‘z nihoyasiga yetdi.
* * *
Eslatib o‘tamiz, keyingi shunday tadbir Sergeli tumanida o‘tkaziladi.
Ulashing | @MuslimShosh