Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyun, 2025   |   1 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
26 Iyun, 2025, 1 Muharram, 1447

Nabiy alayhis salomning xatiblari

03.11.2016   7889   9 min.
Nabiy alayhis salomning xatiblari

Ansoriy sahobalar orasida gapga usta va hozirjavob sahobiy bor edi. Tarix kitoblarida u kishini Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xatiblari deyilgan.

U sahobiyning ismi Sobit ibn Qays ibn Shammos roziyallohu anhudir. Bu kishi Uhud, Bay’atur-rizvon va boshqa g‘azotlarda ishtirok etgan. Tirikligida jannatga kirishi bashorat berilgan ulug‘ sahobalardan edilar.

Bani Tamim elchilari kelganda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga maruza qilib berishini buyurganlar.

U o‘sha kunni quyidagi so‘zlarni aytib maruza qilgan:

الحمد لله، الذي خلق السماوات والأرض، قضى فيهن أمره، ووسع علمه، ولم يك شيء قط إلا من فضله. ثم كان من قدرته أن جعلنا أئمة، واصطفى من خير خلقه رسولا، أكرمهم نسبا، وأصدقهم حديث وأفضلهم حسبا فأنزل عليه كتابه، وائتمنه على خلقه، فكان خيرة الله من العالمين. ثم كنا - نحن الأنصار - أول الخلق إجابة. فنحن أنصار الله، ووزراء رسوله

Ma’nosi: «Yeru-osmonni yaratgan va ularni orasida O‘z amrini joriy qilgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin. Uning ilmi keng (ya’ni cheki yo‘qdir). Barcha narsa Uning fazli bilangina bo‘ladi. Alloh qudrati ila bizni(musulmonlarni) yo‘lboshchi qildi. Bizlarga bandalari orasidan eng yaxshisini tanlab uni payg‘ambar qildi. U payg‘ambarning nasabi ulug‘, o‘zi rostguy va zoti pokdir. Alloh o‘z payg‘ambariga kitobni(Qur’onni) nozil qildi. Va unga (og‘ir mas’uliyatni) ishonib topshirdi. U zot sollallohu alayhi vasallam butun olamda Allohning eng yaxshi bandasidirlar. Biz ansorlar esa u kishining olib kelgan dinini birinchi tasdiqlagan insonlardanmiz. Biz Allohning ansor(ko‘makchi)lari va Rasulining vazirlarimiz».

So‘zi o‘tkir va ta’sirchan bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni o‘zlariga xatib qilib olganlar.

Hujurot surasining quyidagi: «Ey, imon keltirganlar! Amallaringiz o‘zingiz sezmagan holingizda zoye bo‘lib ketmasligi uchun sizlar ovozlaringizni Payg‘ambarning ovozidan yuqori ko‘tarmangiz va unga bir-birlaringizga baland ovoz (dag‘al so‘z) qilgandek baland ovoz qilmangiz!», degan oyati nozil bo‘lganda, Sobit ibn Qays roziyallohu anhu uylarini eshigini yopib, uylarida yig‘lab o‘tirdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ko‘rinmay yurgach, u zot sollallohu alayhi vasallam  uni uyiga odam yuborib oldilariga kelishini so‘radilar. Oldilariga kelgach, ko‘rinmay yurganining sababini so‘radilar. Sobit ibn Qays roziyallohu anhu: «Yo Rasululloh! Meni ovozim baland. Men har doim gapirganimda ovozim sizning ovozingizdan baland chiqardi, endi mening amallarim habata bo‘lib, do‘zax ahlidan bo‘lib qoldim», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga quyidagi so‘zlarni aytdilar:

«إنك لستَ منهم، بل تعيش حميدا وتقتل شهيدا ويدخلك الله الجنة»

«Sen ulardan emassan. Sen bu dunyoda  maqtalga holatda yashab, shahid holda o‘lasan va Alloh seni jannatga kiritadi».

Bu xushxabarni eshitgan Sobit ibn Qays roziyallohu anhu xursand bo‘lib ketdilar va «Bundan keyin hech qachon ovozimni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ovozlaridan baland qilmayman», dedilar. Shundan keyin Hujurot surasining quyidagi oyati nozil bo‘ldi: «Allohning payg‘ambari huzurida ovozlarini past qilgan kishilar – aynan o‘shalar Alloh dillarini taqvo uchun imtihon qilgan zotlardir. Ular uchun mag‘firat va ulkan mukofot bordir».

U kishining so‘zi tasirchanligiga asosiy sabablardan biri taqvodorligi edi. Bundan tashqari bu buyuk sahoba shariatimizda xulu’ taloqi joriy qilinishiga sababchi bo‘lganlar. Chunki u kishining Jamila degan ayollari u kishidan taloqini so‘raganda, shariatimizdagi xuluh taloqi joriy qilindi.

Bu buyuk sahoba Musaylama kazzob bilan bo‘lgan jangda shahid bo‘ldilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Shahid bo‘lasan», degan bashoratlari ro‘yobga chiqdi. Alloh bu buyuk sahobadan rozi bo‘lsin.

 

 

Nurmuhammedova Vasila 

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar

O‘zbekiston musulmonlari idorasida navbatdagi “Fuqarolar qabuli” bo‘lib o‘tdi

25.06.2025   1638   1 min.
O‘zbekiston musulmonlari idorasida navbatdagi “Fuqarolar qabuli” bo‘lib o‘tdi

Har haftaning chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan fuqarolar qabuli bu safar ham aholi vakillarining murojaatlarini o‘rganish, muammolarga yechim topishga qaratildi.

Joriy haftadagi qabulda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov poytaxtimizdan hamda yurtimizning turli shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning shaxsiy va jamoaviy masalalari, taklif va mulohazalarini tingladi.

  • - Aholi vakillari tomonidan turli masalalar bo‘yicha shar’iy hukmlar, ularning amaliy tatbiqlari yuzasidan savollar berildi;
  • - Nikoh, oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi kabi mavzulardagi murojaatlar ko‘rib chiqildi;
  • - Ayrim ehtiyojmand fuqarolar tomonidan tushgan moddiy ko‘mak so‘rovlari tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi;
  • - Sohani yanada rivojlantirish, masjidlarni obod qilish, yoshlar o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy targ‘ibotlarni kuchaytirish kabi bir qator konstruktiv takliflar bildirildi.

Qabul yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, fuqarolar murojaatlarini tezkor va adolatli hal etish bo‘yicha choralar belgilandi. Shu bilan birga, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikrlarini eshitish va islohotlarga jamoatchilikni faol jalb etish borasidagi ishlar doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati