Nottingem (Buyuk Britaniya) universitetining bir qator tadqiqotchi olimlari tomonidan olib borilgan izlanish hamda tajribalarga ko‘ra, kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketish oxir oqibat yoshlarni chekish hamda spirtli ichimlik iste’mol qilishga olib borishi kuzatildi.
Ayniqsa, Grand Theft Auto (GTA), Call of Duty: Black Ops II, Call of Duty: Modern Warfare 3 hamda Assassin's Creed III kabi kompyuter o‘yinlarini muntazam o‘ynaydigan yoshlar bilan bu o‘yinlarni o‘ynamaydigan yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma olib borilganda, bu o‘yinlarga haddan berilgan yoshlarning aksariyati spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlari iste’mol qilishlari aniqlandi.
Davron NURMUHAMMAD
tayyorladi
Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati