Sayt test holatida ishlamoqda!
21 May, 2025   |   23 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
04:59
Peshin
12:25
Asr
17:28
Shom
19:44
Xufton
21:15
Bismillah
21 May, 2025, 23 Zulqa`da, 1446

Imom Termiziy

24.10.2016   11690   7 min.
Imom Termiziy
  • To‘liq ismlari: Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhok as-Sullamiy az-Zaririy al-Bug‘iy at-Termiziy.
  • Tug‘ilgan sana va joyi: 209h / 824m. Termiz, Bug‘ qishlog‘i.
  • Vafotlari: 279h / 892m.
  • Nisbalari: Termiziy.
  • Dini: Islom. Ahli Sunna val Jamoa.
  • Ilmiy meroslari: “Sunani Termiziy”, “Shamoil an-nabaviyya”, “Al-jarh vat- ta’dil”, “Ilal at-Termiziy al-kabir”, “Al-ilal as-sog‘ir”, “Kitabuz-zuhd” (hozirda topilmagan), “Kitabut-tafsir”(hozirda topilmagan), “Kitabut-tarix”( hozirda topilmagan), “Kitab al-asmo val- kuna”( hozirda topilmagan).
  • Ustozlari: Muhammad Ismoil Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj, Abu Dovud, Isxoq ibn Rohavayh.
  • Asosiy shug‘ullangan yo‘nalishi: hadis ilmi va islom fiqhi. 
  • Tanilgan ismi: Imom Termiziy 
  • Eng mashhur shoh asari: “Sunani Termiziy” 

Imom Termiziy Sunan Termiziy nomi bilan mashhur bo‘lgan jome kitobi musannifi, hadis hofizi Termiz shahrida tug‘ilgan. So‘ngra hadislar to‘plash maqsadida Misr diyoridan tashqari Huroson, Iroq, Shom va Hijoz o‘lkalarga ilmiy safar qilgan. Ko‘p muhaddislardan hadis rivoyat qilgan. Buxoroda hadis ilmi borasida yuksak natijalarga erishgan. Ko‘plab safarlar va kitoblar tasnif qilgan. Hijriy 279 yil rajab oyining 13 sanasida Termiz shahrida vafot etganlar.

 

  • Imom Termiziy hadis rivoyat qilgan roviylar: Qutayba ibn Sa’iyd, Is'hoq ibn Rohavayh, Muhammad ibn Amr Savvoq al-Balxiy, Mahmud ibn G‘iylon, Abu Mus’ab Zuhriy va boshqalar.
  • Imom Termiziydan hadis rivoyat qilgan roviylar: Abu Bakr Ahmad ibn Ismoil as-Samarqandiy, Abu Homid Ahmad ibn Abdulloh ibn Dovud al-Marvaziy, Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy, Ahmad ibn Hamdaveyh an-Nasafiy, Hammod ibn Shukr al-Varroq, Husayn ibn Yusuf va boshqa ko‘plab mashhur muhaddislar. 
  • Asarlari:

-“Sunani Termiziy”: Bu asar “Sunani Termiziy” yoki “Al-Jome’ as-sahih” deb nomlanib, Imom Termiziyning eng mashhur shoh asaridir. Mazkur kitob hadis kitoblari orasida ham muhim o‘rin egallaydi, olti sahih kitobning hamda to‘rt sunanning biri hisoblanadi. Kitob o‘zida  3956 ta hadislarni mujassam etgan. Hadislar boblar, fiqh, hadisning illatlariga ko‘ra tartiblangan. Bundan tashqari kitobda hadisning sahih – saqim (kasal)lari bayoni, ularning o‘rtasidagi martabalar, ismlar va kunyalar jarh va ta’dil qoidalarga binoan bayon qilingan, ularning qaysilari Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yetib borgan yoki bormaganligi keltirilgan.

-“Ash-shamoil an-nabaviyya”: Nabiy sollallohu alayhi vasallam siyratlari haqida yozilgan kitob bo‘lib unda Temiziy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sifatlari, xulqlari, odoblari va amallari haqida bayon qilib berganlar. Bu kitobni 55 bobga taqsimlab, unda 397 ta hadis keltirgan.

-“Ilal at-Termiziy al- Kubro”: Bu kitob Termiziy o‘zining isnodlari bilan keltirgan bir qancha hadislardan iborat. Har bir hadisdan keyin uning hukmi borasida yo o‘zining yoki shayxlarining bergan hukmlarini bayon qilgan. Mazkur kitobdagi hadislarga aytilgan hukmlarning eng ko‘p qismi Imom Buxoriy hukmlariga to‘g‘ri keladi.

-“Al-ilal as-sog‘iyr”: Mazkur kitob Sunani Termiziyga bog‘liq qilib yozilgan. Imom Termiziy bu kitobda illatli hadislarni fiqhiy boblar tartibiga ko‘ra keltirib o‘tgan va har bir hadisning illatini bayon qilgan.

-“Tasmiya as'habur Rosulillah sollallohu alayhi vasallam”.

Imom Termiziyning yana bir qancha boshqa kitoblari bo‘lib ulardan hozirgacha topilmaganlari quyidagilar:

  • “Kitabuz-zuhd”
  • “Kitabut-tafsir”
  • “Kitabut-tarix”
  • “Kitab al-asmo val-kuna”. 
  • Ulamolarning Termiziy haqida aytgan fikrlari: 

Imom Termiziy aytadilar: “Imom Buxoriy menga  shunday dedilar: “Mening sen tufayli  ko‘rgan manfaatlarim, seni men orqali ko‘rgan foydalaringdan ko‘ra ko‘proqdir.”

Imom Sam’oniy aytadi: “Termiziy-zamonasining haqiqiy imomi edi”.

Abu Sa’d Idrisiy :”Hadis ilmida unga ergashiladigan imomlardan biridir. Jome’, tarix va hadis borasida yozgan ktioblari eng ishonchli olimlar yozgan kitoblar sirasiga kiradi. Zehni o‘tkirlik borasida bu zot zarbul masal qilinadi”-degan.

Imom Hokim aytadi: “Umar ibn Ilakning shunday deganini eshitdim: “Imom Buxoriy vafot etgach Xurosonda ilm, hifz, taqvo va zuhd borasida Abu Isoga teng keladigan kishi qolmadi. Juda ko‘p yig‘laganlari sababli ko‘zlari ko‘rmay qoldi va bir necha yil ko‘zlari ojiz xolda yashadilar”.

Abu Ya’lo Xaliliy: “Abu Iso siqa, muttafaqun alayh va omonat va ilmda mashhur edi”-degan.

Ibn Asir aytadi: “Termiziy juda ham go‘zal kitoblar tasnif qilgan hadis ilmida hofiz bo‘lganlar. Eng mashhur kitoblari  “Jome ul- Kabirdir” .

Ibn Imad Xanbaliy shunday deydi: “Zamondoshlariga o‘rnak, hifz va mukammallikda namuna edilar.”

Imom Mizziy aytadi: “U “Jome’” va boshqa bir qancha kitoblar sohibi bo‘lib, mashhur hofiz imomlardan biri edilar”.

Ibn Hibbon: “Imom Termiziy hadis to‘plab yozib, hifz qilgan kishilardan. U Nabiy sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini himoya qilib, jome’ yozgan olti imomning biridir. Mazkur imomlarini kitoblari sunnat olamida hadis borasida suyaniladigan kitoblardir”.

Ibn Xalikon: “Hadis ilmida unga ergashiladigan imomlardan biridir. Jome’, tarix, hadis borasida yozgan ktioblari eng ishonchli olimlar yozgan kitoblar sirasiga kiradi. Zehni o‘tkirlik borasida bu zot zarbul masal qilinadi. Imom Buxoriyning shogirdi va safdoshi hisoblanadi”.

Ismoil Haraviy: “Imom Termiziyning “Jome’”si Buxoriy va Muslimning “Jome’”lariga qaraganda foydaliroqdir. Chunki ikki buyuk imomning jome’sidan faqat kuchli olimlargina manfaat olishga qodir. Holbuki, Termiziyning “Jome’”sini hamma undan manfaat olishi mumkin bo‘lgan kitobdir”-degan.

Ibn Kasir: “Imom Termiziy zamonasining mashhur muhaddislaridan biri bo‘lib ko‘plab asarlar tasnif qilganlar. Ularning eng mashhurlari “Jome’” (Sunan at –Termiziy), “Shamoilu Muxammmadiya”, “Asmaus-sohabati” va boshqalardir. “Jome’” kitobi ulamolar eng ko‘p murojaat qiladigan kitoblardandir”.

Mulla Ali al-Qoriy: “Temiziy hadis ilmida hujjat, siqa, hofiz va taqvo sohibidir”-degan.

Termiziy aytadilar: Men “Jome’” kitobimga faqat ulamolar unga amal qilgan hadislarni kiritdim. So‘ngra uni Hijoz, Iroq va Xuroson ulamolariga ko‘rsatdim. Ular rozi bo‘lishdi. Mansur ibn Abdulloh Xolidiy bu kitob haqida bunday degan: “Kimning uyida mana shu kitob bo‘lsa, go‘yoki o‘sha uyda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gapirayotgandek bo‘ladilar”.

 

Jaloliddin Hamroqulov

TII “Tahfizul Qur’on” kafedrasi mudiri,

“Novza”jome masjidi imom xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Moshina haydovchining 66 ta ODOBI (2-qism)

19.05.2025   4228   1 min.
Moshina haydovchining 66 ta ODOBI (2-qism)

1

Maqolalar