Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446

Umra safaridan qaytgan 100 nafar xorazmlik ziyoratchilar tantanali kutib olindi

04.04.2023   838   3 min.
Umra safaridan qaytgan 100 nafar xorazmlik ziyoratchilar tantanali kutib olindi

Davlatimiz rahbari joriy yilning 17 fevral' kuni Buxoro viloyatiga safarida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Holiqnazarovning kam ta'minlangan oilalar vakillarini Umra ziyoratiga yuborishda davlat tomonidan yordam berish borasidagi iltimosini qanoatlantirib, qo'llab-quvvatlagan edi.

Shu munosabat bilan Horazm viloyatidan ham 100 nafar yurtdoshimiz umra ziyoratini amalga oshirib qaytdi.  Ularni O'zbekiston musulmonlari idorasi Horazm viloyati vakili Hayrulla domla Abdullayev boshchiligida Haj va Umra bo'yicha mutasaddilar va ziyoratchilarning yaqinlari  kutib oldi.

— Bugun mamlakatimizda inson qadrini ulug'lash davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, – deydi  Urganch shahar bosh imom-hatibi Hasanboy Kenjayev. – Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taminlangan, kam daromadli oilalarga yordam ko'rsatish, iqtisodiy, tibbiy, ta'lim borasidagi ko'maklar natijasida yurtdoshlarimiz hayot tarazi tubdan o'zgarmoqda. Davlatimiz rahbarining sa'y harakatlari bilan Saudiya Arabistoniga hozirda har kuni Jidda va Madina shaharlariga ikki marta aviaparvoz muntazam amalga oshirilmoqda. Bu esa ziyoratchilarimiz soni tobora ko'payib borayotganidan darak beradi.  Muborak ziyoratga otlangan yurtdoshlarimiz uchun ikkala shaharda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Buning uchun Yaratganga shukronalar aytmog'imiz, sharoitlarni qilib berayotgan hukumatimizdan minnatdor bo'lmog'imiz lozim.  

Darhaqiqat, har bir musulmonning orzusi bo'lgan Haj ziyoratini ado qilish ko'pchilik uchun yillar davomida faqat orzuligicha qolmoqda edi. Ular orasida mana bu yurtdoshlarimiz ham bor. Nafaqa yoshiga etgan bo'lsalar ham bu istaklari amalga oshmagandi. Ushalmas orzu deb o'ylangan bu istak davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirildi.  

— Hech qachon shunday amal menga nasib etadi, deb o'ylamagandim, – deydi ziyoratchi Shukurjon Yunusova. – Alloh taolo yurtboshimizning ko'ngliga solib bizga shunday g'amxo'rlik qilib, savobga qoldilar. Safar davomida barcha sharoitlar yuksak darajada yaratib berildi. Barib kelishimizda umuman qynalmadik. Muqaddas amallarni emin-erkin bajardik. Yurtimiz hamisha tinch-osuda bo'lishini, mamlakatimizning yanada rivojlanishini, davlatimiz rahbarining sog'-omon bo'lishlarini, dasturxonlarimiz hamisha to'kin bo'lishini tilab qaytdik.  

Nuroniylarni yaqinlari katta xursandchilik bilan qarshi oldi. Orzulari ushalab, farzandlari, nabiralari bag'riga qaytgan eldoshlarimiz dili va tilida shukronalik.  

Mahallasida yillar davomida halol mehnat qilib, imon-e'tiqodi, xulq-atvori bilan hurmat qozongan otaxon va onaxonlarimiz bugun muborak ziyoratni ado etib uyiga qaytishlari erishgan hurmat va ehtiromini yanada yuksaltirdi. Muhimi ular Yangi O'zbekistonda hech kim e'tibordan chetda emasligini yana bir bor his qilishdi.

Ahmadjon ShOKIROV, O'zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qurilish-ta’mirlashga oid yig‘ilish o‘tkazildi

07.05.2025   2282   1 min.
Qurilish-ta’mirlashga oid yig‘ilish o‘tkazildi

Shu yil 3 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov raisligida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan masjidlarning imom-xatib va mutavallilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 


Ko‘rilgan masalalar masjidlardagi qurilish-ta’mirlash ishlari shaharsozlik me’yorlariga to‘liq muvofiq bo‘lishi va qurilishga oid hujjatlarni talabga muvofiq yuritish hamda qurilishlar sodda, oddiy va dabdabadan holi bo‘lishi bo‘yicha mas’ullarga zaruriy tavsiyalar berildi. Qurilish-ta’mirlash ishlarini sifati va belgilangan vaqtda yakunlash zarurligi yana bir bor eslatildi.


Barcha imom-xatib va xodimlarga masjidlar hamda ularga olib boruvchi 100 metr masofadagi yo‘llardagi tozalash va obodonlashtirish ishlari doimiy bo‘lishi, namozxonlar uchun sharoitlarni yanada qulay bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tahoratxonalardagi sharoitlarni zamonaviy talab darajasiga keltirish kabi vazifalar yuklatildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
atbuot xizmati

Qurilish-ta’mirlashga oid yig‘ilish o‘tkazildi Qurilish-ta’mirlashga oid yig‘ilish o‘tkazildi Qurilish-ta’mirlashga oid yig‘ilish o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari