Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Muqaddas Ka’bai muazzamaga yangicha ko‘rinishda ka’bapo‘sh yopildi

13.10.2016   4429   1 min.
Muqaddas Ka’bai muazzamaga yangicha ko‘rinishda ka’bapo‘sh yopildi

Dunyo musulmonlarining muqaddas makoni bo‘lmish Ka’batullohning besh mahal namoz o‘qiladigan tarafiga yangi ka’bapo‘sh yopildi. Odatda, Arafa kuni ziyoratchilar Arofot tog‘ida bo‘lishadi. Shu kuni muqaddas Harami sharif bo‘sh bo‘lgani bois Ka’batullohga yangi ka’bapo‘sh yopiladi.

Ka’bapo‘sh toza ipakdan, tilla iplar yordamida tayyorlanadi. Unga sarflanadigan  mablag‘ 22 million saudiya riyoli (5,8 mln AQSH dollari) ni tashkil qiladi. Ka’bapo‘sh Makkai mukarramadagi maxsus fabrikada tayyorlanadi. Unga ishlov berish jarayonida 240 nafar texnolog va ishchilar qatnashadi. Ka’bapo‘shning eni 95 metr, bo‘yi esa 9 metrdan iborat bo‘lib, u 47 ta mato bo‘laklaridan tashkil topgan bo‘ladi.

Muqaddas Ka’batullohga yopilgan ka’bapo‘sh bezagiga o‘zgartirish kiritildi. Ka’bapo‘shga endilikda tilla chiziqlar tikildi. Yamaniy burchakdagi yozuvlar o‘zgartirildi “Ya Hayyun, Ya Qayyum” (Ey doimo tirik, abadiy zot va Ey o‘z o‘zidan qoim bo‘lgan va boshqalarni qoim qilgan zot) so‘zlari o‘rniga “Allohu akbar” (Alloh buyukdir) so‘zlari qo‘yildi.

Ma’lumki Ka’bai muazzamaning shakli kub shaklidadir. Uning barcha burchaklarining alohida nomi bor. Jumladan, shimoliy burchak – Iroqiy deb nomlansa, g‘arbiy burchak – Shomiy, janubiy burchak – Yamaniy deb nomlanadi. Sharqiy burchakda esa hajarul asvad – qora tosh o‘rnatilgan.     

 

                                                                                                              M.Zufarova tarjimasi.

Yangiliklar
Boshqa maqolalar

Qur’on va tajvid markaziga tashrif

9.01.2025   5657   1 min.
Qur’on va tajvid markaziga tashrif

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar. 
 

Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.


Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.


Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Toshkent viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Qur’on va tajvid markaziga tashrif Qur’on va tajvid markaziga tashrif Qur’on va tajvid markaziga tashrif
O'zbekiston yangiliklari