Saudiya Arabistonida bundan XIII asr muqaddam qurilgan qadimiy “as-Safa” masjidi qayta tiklanadi, deb xabar bermoqda “The National” nashri.
Masjidni ta'mirlash ishlari 2018 yili valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon hazrati oliylari tomonidan tarixiy masjidlarni tiklash bo'yicha boshlangan loyihaning bir qismidir. Loyiha doirasida qirollik bo'ylab jami 130 ta tarixiy va diniy ahamiyatga ega masjid va obidalarni ta'mirlash rejalashtirilgan.
Mazkur Baljurashi viloyatidagi “as-Safa” masjidi Saudiya Arabistonidagi eng qadimiy masjidlardan biri hisoblanadi.
O'MI Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda tinchlik, mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan,13 avgust kuni Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari, otinoyilar, «Haj–2026» ziyoratidan qaytgan hoji otalar va hoji onalar hamda mahalla faollari ishtirokida Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari R.Sobitov ishtirok etdi. Tadbir doirasida «Mustaqillik shukuhi» shiori ostida Urganch shahridagi boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nochor va kam ta’minlangan oilalardan 100 nafariga VAQF jamoat fondi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Bu xayrli amal orqali ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy ko‘mak va samimiy mehr-e’tibor ulashildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakilligi matbuot xizmati