Birlashgan Arab Amirligida o‘rnak olsa bo‘ladigan bir voqea yuz berdi. Taksi haydovchisi orqa o‘rindiqda unutilib qoldirilgan 500 ming AQSH dollarini o‘z egasiga qaytarib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Pokistonlik haydovchi Janubiy Koreyalik tadbirkorni Dubaydagi Sharja aeroportiga olib borib qo‘ygach, orqa o‘rindiqda sumka qolib ketganini payqagan. Shundan so‘ng, u zudlik bilan politsiyaga xabar bergan, ular esa tadbirkorni topishgan va pulini qaytarishgan. Ushbu qilgan yaxshiligi uchun haydovchi Sharja yo‘llari va transportlar idorasi tomonidan maqtov yorlig‘i va 820 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘i bilan mukofotlandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu taksi haydovchisi o‘tgan yili Eron fuqarosi unutib qoldirgan 13 ming AQSH dollar miqdoridagi pul solingan sumkani ham o‘z egasiga qaytarib bergan edi.
Mohira Zufarova
tarjimasi.